Akramova Muazzam Turdikul qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning maxsus asoslari», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu436.
Ilmiy rahbar: O‘razaliev Murodjon Qoraevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Zufarov Rustam Ahmedovich, yuridik fanlar doktori, professor; Otajonov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi jinoiy javobgarlikdan ozod qilishning maxsus asoslarini aniqlash, ularni takomillashtirish, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish asoslari doirasini kengaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
II.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonunda belgilangan muddat o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish muddatlari uzoq ekanligi, bu muddatlar qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga mos emasligi javobgarlikdan ozod qilishda belgilangan muddatlarni qisqartirish lozimligi asoslantirilgan;
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etilganidan keyin yigirma besh yil o‘tganidan keyin shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emasligi asoslantirilgan;
Jinoyat kodeksining 64-moddasi ettinchi qismida muddat o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish qanday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmasligi masalasini aniqlashtirish kerakligi asoslantirilgan;
Jinoyat kodeksining 10-moddasida jinoiy javobgarlikning muqarrarligi prinsipini yangi tahririda berish zarurati asoslantirilgan.
III.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Javobgarlikdan ozod qilish asoslari masalalarini tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 64-moddasi a) bandi “Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan kundan boshlab – ikki yil” degan tahrirda o‘zgartirilishi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 20 iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–485-sonli qonuni 1-moddasining 1-bandini shakllantirish hamda takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 2 apreldagi 31-son dalolatnomasi). Mazkur taklif javobgarlikka tortish muddatining o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish muddatlarini qisqartirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 64-moddasining beshinchi qismi “Agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas” degan tahririda o‘zgartirilishi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 20 iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–485-sonli qonuni 1-moddasining 1-bandini shakllantirish hamda takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 2 apreldagi 31-son dalolatnomasi). Mazkur taklif javobgarlikka tortish muddatining o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilishda javobgarlikka tortilmaslik muddatini jinoyatlar tasnifiga ko‘ra ajratish va uni liberallashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 64-moddasi ettinchi qismi “Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu kodeksning 150–157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 160, 161 va 2442-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi” degan tahrirda o‘zgartirilishi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 20 iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–485-sonli qonuni 1-moddasining 1-bandini shakllantirish hamda takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 2 apreldagi 31-son dalolatnomasi). Mazkur taklif javobgarlikka tortish muddati o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish aniq jinoyat turlariga qo‘llanilmasligi va javobgarlikdan ozod qilish asoslarini liberallashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 10-moddasida belgilangan javobgarlikning muqarrarligi prinsipini yangi tahrirda bayon etish, unda ushbu Kodeksda belgilangan holatlarda shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkinligi haqida takliflardan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 2 martdagi 27/271-21-son dalolatnomasi). Natijada belgilangan javobgarlikning muqarrarligi prinsipini yangi tahrirda bayon etish imkonini bergan.