Saidaxmatov Sharifbek Toshpo‘latovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Termiz mustaqillik yillarida: islohotlar, muammolar, natijalar”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tar808.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Djalalitdin Zaynievich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02. 
Rasmiy opponentlar: Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori, dotsent; Yaqubova Dilaram Tadjievna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda shahar madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari, zamonaviy o‘zgarishlar, ularga ta’sir qilayotgan omillar va muammolarni Termiz shahri tarixi asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadimdan buyuk yo‘llar chorrahasidagi muhim iqtisodiy, ma’muriy, savdo va madaniyat markazlaridan biri bo‘lib kelgan Termiz shahri mustaqillik yillarida aglomeratsiya, ichki migratsiya va demografik jarayonlar ta’sirida respublikadagi urbanizatsiya o‘choqlaridan biri bo‘lib qolganligi asoslangan;
mustaqillikning ilk yillarida Termiz shahridagi sanoat korxonalari qiyinchiliklarga qaramay o‘z ishini davom ettirganligi, XXI asrdan boshlab shahar iqtisodiyotida yuksalish davri boshlanganligi aniqlangan;
Termiz shahridagi ijtimoiy obektlarning zamon talablari asosida modernizatsiya qilinayotganligi, shaharni intensiv rivojlantirish dasturlari natijasida sog‘liqni saqlash va ta’lim sifatini oshirishga, aholi bandligini ta’minlashga, turizm sohasini rivojlantirishga imkon berganligi dalillangan;
Al-Hakim Termiziyning “ideal shahar” haqida yozgan birinchi musulmon mutafakkiri ekanligi, Termizda “aqlli shahar” g‘oyalari hozirda hudud rekonstruksiyasida joriy qilinayotganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Termiz mustaqillik yillarida: islohotlar, muammolar, natijalar mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar quyidagicha joriy etilgan:
Al-Hakim Termiziyning “ideal shahar” haqida yozgan birinchi musulmon mutafakkiri ekanligi, Termizda “aqlli shahar”ning ayrim qismlari hozirda hudud rekonstruksiyasida joriy qilinayotganligi hamda mustaqillikning ilk yillarida Termiz shahridagi sanoat korxonalari qiyinchiliklarga qaramay o‘z ishini davom ettirganligi, XXI asrdan boshlab shahar iqtisodiyotida yuksalish davri boshlanganligi, xususidagi yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida”, “Milliy davlatchiligimiz tarixi”, “Buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish”, “Termiziy allomalar merosini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzulariga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlarda, keng jamoatchilik o‘rtasida uyushtirilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 24 dekabrdagi 02-02-1749-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
qadimdan buyuk yo‘llar chorrahasidagi muhim iqtisodiy, ma’muriy, savdo va madaniyat markazlaridan biri bo‘lib kelgan Termiz shahri mustaqillik yillarida aglomeratsiya, ichki migratsiya va demografik jarayonlar ta’sirida respublikadagi urbanizatsiya o‘choqlaridan biri bo‘lib qolganligi xususidagi yangilikdan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining targ‘ibot-tashviqot ishlari faoliyatida foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 22 dekabrdagi 01-07-189-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash, ajdodlarimizning ma’naviy merosidagi ezgu g‘oya va ta’limotlarni keng xalq ommasiga etkazish va shu asosda yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirish imkoniyati yaratilgan;
Termiz shahridagi ijtimoiy obektlarning zamon talablari asosida modernizatsiya qilinayotganligi, shaharni intensiv rivojlantirish dasturlari natijasida sog‘liqni saqlash va ta’lim sifatini oshirishga, aholi bandligini ta’minlashga, turizm sohasini rivojlantirishga imkon berganligi xususidagi taklifdan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 20 dekabrdagi 01-40-1808-son ma’lumotnomasi). Natijada Termiz shahri va unga yondosh hududlarning mustaqillik yillaridagi rivojlanishi natijasida shakllangan aglomeratsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hayoti, transport, turizm, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarining ravnaqi bilan bog‘liq jarayonlarni to‘laqonli yoritish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish