Allanazarov Murot Mirzaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Buxoro Xalq Sovet Respublikasida milliy rahbar arboblar va kadrlar faoliyati (1920-1924 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar597.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Qobulov Eshbolta Otamurodovich, tarix fanlari doktori, professor; Shaymardanov Ibodullo, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro Xalq Sovet Respublikasida milliy rahbar arboblar va kadrlar faoliyatini yoritish, sovet rejimi tomonidan keyinchalik ularning qatag‘on qilinishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil qilingach, Yosh buxorolik jadidlar yangi tipdagi rahbar xodimlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratganligi, zamonaviy asosda kadrlar siyosati va mutaxassis kadrlar tayyorlash mexanizmini ishlab chiqqanligi asoslangan;
BXSR dagi davlat va hukumatning eng yuqori idoralari (Butunbuxoro Markaziy Inqilobiy Qo‘mitasi, BXSR Xalq Nozirlar Sho‘rosi hamda BXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi) mamlakat boshqaruvida milliy rahbar xodimlar faoliyatiga alohida e’tibor berganligi, maorif va sog‘liqni saqlash tizimida mahalliy mutaxassis kadrlar mavqeini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratganligi isbotlangan;
Buxoroda iqtisodiyot sohasida o‘qimishli va zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari dolzarb bo‘lganligi, Buxoro Iqtisodiy Kengashi bu sohada Markaz tazyiqlaridan cho‘chimay, mustaqil siyosat yuritganligi dalillangan;
BXSR ning Fayzulla Xo‘jaev boshchiligidagi yigirma nafardan ortiq sobiq milliy rahbar arboblari sovet rejimi tomonidan qatag‘on qilinganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasida milliy rahbar arboblar va kadrlar faoliyati mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil qilingach, Yosh buxorolik jadidlar yangi tipdagi rahbar xodimlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratganligi, zamonaviy asosda kadrlar siyosati va mutaxassis kadrlar tayyorlash mexanizmini ishlab chiqqanligi hamda BXSR dagi davlat va hukumatning eng yuqori idoralari (Butunbuxoro Markaziy Inqilobiy Qo‘mitasi, BXSR Xalq Nozirlar Sho‘rosi hamda BXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi) mamlakat boshqaruvida milliy rahbar xodimlar faoliyatiga alohida e’tibor berganligi, maorif va sog‘liqni saqlash tizimida mahalliy mutaxassis kadrlar mavqeini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratganligi to‘g‘risidagi ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 11 fevraldagi 06-31-352-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuv mazmunini mukammallashtirishga, ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Buxoroda iqtisodiyot sohasida o‘qimishli va zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari dolzarb bo‘lganligi, Buxoro Iqtisodiy Kengashi bu sohada Markaz tazyiqlaridan cho‘chimay, mustaqil siyosat yuritganligi hamda BXSR ning Fayzulla Xo‘jaev boshchiligidagi yigirma nafardan ortiq sobiq milliy rahbar arboblari sovet rejimi tomonidan qatag‘on qilinganligi xususidagi yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida 2012-2013 yillarda bajarilgan IFA-2012-1-4-son “O‘zbekistonning sovet davridagi tarixi (1917-1991 yillar), 2-jild” loyihasi doirasida tayyorlangan “O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yillar)” nomli akademik nashrda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 1 martdagi 3/1255-496-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi Buxoro Xalq Sovet Respublikasida milliy rahbar arboblar va kadrlar faoliyatini o‘rganish uchun keng imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish