Djalilov Furqat Zakirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining mulkiy manfaatdorligi bilan bog‘liq jinoiy javobgarlik», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Yu644.
Ilmiy rahbar: Salaev Nodirbek Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Turg‘unboev Elbekjon Odiljonovich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining mulkiy manfaatdorligi bilan bog‘liq jinoyat tarkibini, uning ob’ektiv va sub’ektiv belgilari mazmun mohiyatini tushunish bo‘yicha to‘g‘ri ilmiy yondashuvni ishlab chiqish, jinoyat-huquqiy normalarni qo‘llash, tergov va sud amaliyotini, jinoyat qonun normalarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladigan sovg‘a qiymati chegaralanishi hamda uning tegishli tartibda deklaratsiyalanishi shartligi asoslantirilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatida o‘z xizmat vazifalarini xolisona va beg‘araz bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan yoki ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vaziyat “manfaatlar to‘qnashuvi” hisoblanishi asoslantirilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat mavqeidan foydalanib sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs emas, balki uchinchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi ham jinoiy javobgarlikka sazovor bo‘lishi asoslantirilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat mavqeidan foydalanib sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga bajarishi yoki bajarmasligi nomoddiy qimmatliklar olganida yoxud nomulkiy manfaatdor bo‘lganida ham jinoiy javobgarlikka sazovor bo‘lishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining mulkiy manfaatdorligi bilan bog‘liq qilmishlarning jinoyat-huquqiy jihatlariga doir masalalarni tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladigan sovg‘a qiymatining chegaralanishi hamda uni tegishli tartibda deklaratsiya qilinishi shartligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi QL-861-sonli qonun loyihasining 19-moddasi (Davlat fuqarolik xizmatida sovg‘a bilan muomala qilish shartlari)da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish Qo‘mitasining 2022 yil 8 apreldagi 04/10-10-72-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining sovg‘a qabul qilishini chegaralash va tartibga solishga xizmat qilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisi o‘z faoliyatida xizmat vazifalarini xolisona va beg‘araz bajarishiga bevosita ta’sir qiladigan, shuningdek bunday ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyat “manfaatlar to‘qnashuvi” sifatida baholanishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi QL-861-sonli qonun loyihasining 20-moddasi (Manfaatlar to‘qnashuvi)da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish Qo‘mitasining 2022 yil 8 apreldagi 04/10-10-72-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining o‘z faoliyatida xizmat vazifalarini bajarish jarayonida qaysi holat mnfaatlar to‘qnashuvi sifatida baholanishi aniqlashtirishga xizmat qilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan bir martalik yoki boshqa yig‘imlar uchun belgilangan miqdordan ortiq pul mablag‘lari olgan bozor, savdo komplekslari ma’muriyatining xizmatchilari qonunga xilof ekanligini bila turib, mulkiy manfaatdor bo‘lganligi uchun MJtKning 611-moddasi ikkinchi qismi yoki 1932-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflar – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015 yil 13 noyabrdagi 18-son qarorining 1-bandi o‘n uchinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 11 noyabrdagi 11-70-21-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi bozor, savdo komplekslari ma’muriyati xizmatchilarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan bir martalik yoki boshqa yig‘imlar uchun belgilangan miqdordan ortiq pul mablag‘lari olishi jinoiy javobgarlikka sazovor bo‘lishi asoslantirilgan.
xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan bir martalik yoki boshqa yig‘imlar uchun belgilangan miqdordan ortiq pul mablag‘lari olgan bozor, savdo komplekslari ma’muriyatining xizmatchilari qonunga xilof ekanligini bila turib, mulkiy manfaatdor bo‘lganligi uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, shaxs JKning 214-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi lozimligi to‘g‘risidagi takliflar – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015 yil 13 noyabrdagi 18-son qarorining 1-bandi o‘n uchinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 11 noyabrdagi 11-70-21-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi bozor, savdo komplekslari ma’muriyati xizmatchilarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan bir martalik yoki boshqa yig‘imlar uchun belgilangan miqdordan ortiq pul mablag‘lari olishi jinoiy javobgarlikka sazovor bo‘lishi asoslantirilgan.