Sapaeva Firuza Ruzumbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda urologik infeksiya bakterial qo‘zg‘atuvchilari, ularning patogenlik omillari va antibiotiklarga turg‘unligini feno- va genotipik tekshirish usullar yordamida aniqlash», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/B148.
Ilmiy maslahatchi: Isxakova Xalida Ilxamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy - amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshboev Egamberdi Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Miralimova Shaxlo Mirdjamolovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Axmedov Rustam Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Paster nomidagi Sankt-Peterburg epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tekshirish instituti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: urologik infeksiya bakterial qo‘zg‘atuvchilari, patogenlik omillari va mikroblarga qarshi preparatlarga chidamliligini feno - genotipik usullar yordamida aniqlashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shifoxona va ambulatoriya sharoitida davolangan bemorlardan ajratilgan infeksiyalarning etiologik farqlar aniqlanib, uropatogen E.coli ning dominantligi va ularning antibiotiklarga chidamliligi o‘rtasidagi farqlar aniqlangan; 
ambulatoriya sharoitida davolangan bemorlardan ajratilgan uropatogen shtammlarning empirik davolash uchun tavsiya etilgan sefalosporin guruhi antibiotiklariga yuqori darajada chidamliligi, shuningdek fosfomisin va nitrofurantoin antibiotiklariga yuqori darajada sezuvchanligi   isbotlangan;
ilk bor meropenem, imipenem, ertapenem kabi zahira hisoblangan antibiotiklarga chidamlilikni ta’minlovchi NDM-1 va VIM genlari aniqlangan; 
uropatogen E.coli izolyatlarida rarC va fimH virulentlik genlari mavjudligi va shu genlarni saklovchi E.coli  shtammlariga nisbatan «Renalka» fitopreparatning in vitro antiadgezivlik faolligi isbotlangan;
bemorlardan ajratilgan S.aureus larga va  keng spektrdagi betalaktamaza fermenti ishlab chiqaruvchi uropatogen E.coli ga nisbatan fagning lizislash faolligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda urologik infeksiyalar bakterial qo‘zg‘atuvchilari, patogenlik omillari va mikroblarga qarshi preparatlarga chidamliligini feno - genotipik usullar yordamida aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uropatogen esherixiylarning karbapenem antibiotiklariga chidamliligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Bakteriyalarning karbapenem antibiotiklariga turg‘unligini aniqlashning tezkor va oson usuli» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/145-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma grammanfiy mikroorganimlarning karbapenem antibiotiklariga turg‘unligiga shubha qilingan shtammlarning qisqa vaqt ichida tez va arzon aniqlash etiotrop davolashda samarali antibiotiklarni qo‘llash imkonini bergan;
uropatogen esherixiyyalarning betalaktam antibiotiklarini gidrolizlovchii fermentlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Bakteriyalarda betalaktam antibiotiklarni gidrolizlovchi fermentlarni aniqlashning tezkor usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 sentyabrdagi 08-2995-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma EUCAST standartlariga muvofiq betalaktam antibiotiklariga turg‘unligiga shubha qilingan shtammlarning qayta tasdiqlash usulini takomillashtirishga yordam bergan, bu betalaktamlarga chidamlilik natijalarini klinik talqin qilish va etiologik asoslangan davolashni optimallashtirish imkonini bergan;
karbapenem antibiotiklariga bakteriyalarning turg‘unligini aniqlashning tez va oson usuli, hamda bakteriyalarda betalaktam antibiotiklarni gidrolizlovchi fermentlarni aniqlashning tezkor usullarini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent va Xorazm viloyatlari SEO va JSX boshqarmalari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, «Vitros diagnostics» MChJ bakteriologik laboratoriyalari faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 maydagi 8n-z/160-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasallikni erta tashhislash va davolash samaradorligini oshirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish