Abdixalikova Barchinoy Abdixomitovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lalmikor maydonlarda organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash usulining tuproq unumdorligi va kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’siri”, 06.01.04− Agrokimyo (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx697.
Ilmiy rahbar: Yusupov Xasan Yusupovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, PhD.05/04.03. 2022.Qx. 13.03.
Rasmiy opponentlar: Sanaqulov Akmal Lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Sidikov Saidjon, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lalmikor maydonlarda organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llashning qulay usulini hamda uning tuproq unumdorligi va bug‘doy hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lalmikor maydonlarning tekislik qir-adirlik mintaqasida ilk marta kuzgi bug‘doyning tuproq namligi, mineral oziqa moddalar hamda vegetatsiya davrida ularni o‘zlashtirish dinamikasini o‘rganish natijasida hosildorlikning 2,2 barobar oshishiga erishilgan; 
organik va mineral o‘g‘itlarning kuzgi bug‘doy tomonidan mineral o‘g‘itlardan foydalanish koeffisientlari hamda almashlab ekishning rotatsiyasi davomida tuproqdagi gumus va NPK balansi aniqlangan;
“tuproq-o‘g‘it-hosil” tizimida g‘alla-shudgor almashlab ekishning qisqa rotatsiyali sxemasida organik va mineral o‘g‘itlarning tuproqdagi faol namlik dinamikasiga bog‘liq holda oziqa moddalar dinamikasi, kuzgi bug‘doyni biomassa to‘plashi, hosildorlikni oshirish mexanizmi asoslangan;
turli me’yorda va tuproqning turli qatlamlariga sochma va lenta usulida berilgan organik o‘g‘itlar (10, 20, 30 t/ga) va mineral o‘g‘itlarning (N30-60P30-60K30-60) kuzgi bug‘doyning o‘g‘itlardan foydalanish koeffisientlari, tuproqdagi gumus, NPK balansiga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lalmikor maydonlarda organik va mineral o‘g‘itlar qo‘llash usulining tuproq unumdorligi va kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
“Lalmikor maydonlarda organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash usulining tuproq unumdorligi va bug‘doy hosildorligiga ta’siri” nomli tavsiyanoma va amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/025-3738-son ma’lumotnomasi). Natijada lalmikor sharoitlarda tuproqlarining unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishda organik va mineral o‘g‘itlardan foydalanish tadbirlarini belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
lalmikor maydonlarda g‘alla-shudgor almashlab ekish sxemasida organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash usuli, maqbul me’yorlari ishlab chiqilgan va Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi “Abdumavlon Ziyo” fermer xo‘jaligida 60 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/025-3738-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaligida joriy etilgan besh dalali almashlab ekish sxemasida bug‘doyning o‘rtacha hosildorligi 14,2 s/ga, qo‘shimcha don hosildorligi esa 5,2 s/ga ni tashkil etgan;
g‘alla-shudgor almashlab ekish sxemasidan tashqari ekilgan bedadan so‘ng ekilgan tuproqqa 20 sm qatlamiga lenta usulda berilgan 40 kg/ga fosforli va 40 kg/ga azotli o‘g‘itlar Nurobod tumanidagi “Orzugul chamani” fermer xo‘jaligida jami 95 gektar lalmikor maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 02/025-3738-son ma’lumotnomasi). Natijada hosildorlik 12,3 s/ga ni tashkil etib, qo‘shimcha 4,2 s/ga don hosili olingan. Gektaridan 605 ming so‘m/ga sof foyda olinib, rentabellik darajasi 10 % ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish