Hamroeva Maftuna Rasulovnaning  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tohir Malik badiiy asarlaridagi antroponimlarning lingvistik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1091.
Ilmiy rahbar: Axmedov Atoullo Raxmatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Begimov Odil To‘xtamishovich filologiya fanlari doktori, dotsent. Nishonboy Husanov Abdusattorovichlar filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot:  Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tohir Malik badiiy asarlari matnidagi antroponimlarni lingvistik jihatdan yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antroponimik birliklarning badiiy asardagi o‘rni aniqlanib, asar matnidagi antroponim muhim ma’lumotni ifodalashi, muallifning voqealarga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatishi va ba’zan o‘quvchiga asarning yashirin ma’nosini etkazib berishda yordamchi element sifatida xizmat qilishi asoslangan;
Tohir Malikning asarlaridagi ism, familiya, ota ismi, qisqartma ism, taxallus, laqab kabilar orqali kitobxon tomonidan qabul qilingan assotsiativ aloqalar mafkuraviy va tematik mazmunni namoyon etishi dalillangan; 
Tohir Malikning asarlarida antroponim shaxs va jamiyat munosabatlarini ko‘rsatib, ulardan o‘rinli foydalanish asar tilini jonli xalq tili bilan yaqinlashtirishi, milliylikni ko‘rsatuvchi qurol sifatida xizmat qilishi aniqlangan;
Tohir Malikning asarlarida qo‘llanilgan antropoindikatorlar shaxsning ijtimoiy holati, jinsi, qarindoshligi, e’tiqod va ishonchi hamda nasl-nasabini ifodalab kelishi, ular qahramonga bo‘lgan sub’ektiv munosabat, voqelikka konnotativ ma’no, qahramonning jinsi, nasl-nasabi, kasb-kori, ijtimoiy ahvoli kabi maqsadlarni amalga oshirishi badiiy asarlardan olingan parchalar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tohir Malikning badiiy asarlarida qo‘llanilgan antroponimlarni lingvistik tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
antroponimik birliklarning badiiy asardagi o‘rni aniqlanib, asar matnidagi antroponim muhim ma’lumotni ifodalashi, muallifning voqealarga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatishi va ba’zan o‘quvchiga asarning yashirin ma’nosini etkazib berishda yordamchi element sifatida xizmat qilishi asoslanganiga oid xulosalardan Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022 yil 31 yanvardagi 01/4-153-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbek va ingliz tillarining elektron poetik lug‘atini yaratishda  inson son qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat va milliy timsollar tasvirlash imkonini bergan;
Tohir Malik badiiy asarlarida qo‘llanilgan kishi nomlarining milliy-madaniy xususiyatlari, ularning ma’naviy me’rosimizning bir qismi ekanligi haqidagi asosli fikrlar hamda ulardan nutqda o‘rinli, to‘g‘ri foydalanish xususidagi xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Asrlarning asraganlari”, “Sakkizinchi mo‘’jiza” kabi ko‘rsatuv ssenariylarida va “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishida unumli foydalanilgan (Buxoro teleradiokompaniyasining 2022 yil 14 fevraldagi 1/37-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar hamda radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish