Darmonov Aliyorbek Abduxalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlarida tahdidbardoshlik tuyg‘usini shakllantirish tamoyillari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fal360.
Ilmiy rahbar: Aliev Bekdavlat Alievich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Lolaxon Abdulxodimovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Tilavov O‘ktam G‘ulomjonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda tahdidbardoshlik tuyg‘usini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborotlashuv sharoitida tahdidbardoshlikning yangi qirrasi bo‘lgan lokal qarama qarshiliklar fonidagi milliy identifikatsiyaning namoyon bo‘lishining ochib berilishi natijasida yoshlar faoliyatiga to‘siq bo‘ladigan zamonaviy destruktiv omillarni barataraf etish yo‘llari aniqlangan;
yoshlarda tahdidbardoshlik tuyg‘ularini shakllantirishda vujudga kelayotgan tahdidlarning kelib chiqish manbasi va ta’sir doirasini e’tiborga olish orqali ularing potensial auditoriyasida tahdidbardoshlik tuyg‘ularini shakllantirish imkoniyatlari ochib berilgan;
tahdid va tahdidbardoshlik o‘rtasidagi dialektik aloqaning mavjudligi, ushbu ijtimoiy hodisalar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashda yoshlar sog‘lom ilmiy dunyoqarashni shakllantirish zarurligi isbotlangan;
O‘zbekistonning hozirgi taraqqiyot bosqichida vujudga kelayotgan tahdidlar – ekologik muammolar, geosiyosiy taranglik, diniy va milliy qarama qarshiliklar sharoitida yoshlarda tahdidbardoshlikni shakllantirishda ijtimoiy-siyosiy institutlarning o‘rni ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar tahdid-bardoshliligini shakllantirishning g‘oyaviy omillarini mustahkamlash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar asosida:
axborotlashuv sharoitida tahdidbardoshlikning yangi qirrasi bo‘lgan lokal qarama qarshiliklar fonidagi milliy identifikatsiyaning namoyon bo‘lishining ochib berilishi natijasida yoshlar faoliyatiga to‘siq bo‘ladigan zamonaviy destruktiv omillarni barataraf etish yo‘llari aniqlanganiga doir xulosa va takliflardan “Aholi bilan muloqot: muammo, echim va samara”, “Globallashuv va yoshlarda milliy o‘zlikni anglash”, Yoshlar ijtimoiy faolligi jarayonlari va ma’naviy qadriyatlar”, “Demokratik qadriyatlar va yoshlar ijtimoiy faolligi”, “O‘zbekistonda demokratik jarayonlar va fuqarolar huquqiy madaniyati”, “Yoshlarni axborot xurujlaridan himoya qilish”, “O‘zbekistonda ijtimoiy adolat tamoyillari” mavzularida o‘tkazilgan ma’naviy-targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2021 yil 2 avgustdagi 3-321-son dalolatnomasi). Natijada, tadbirlar mazmunan boyitilgan, yoshlar ongida ezgu g‘oyalarga sadoqat, bag‘rikenglik kabi ma’naviy fazilatlar hamda tahdidbardoshlik tuyg‘ularining oshishiga xizmat qilgan;
yoshlarda tahdidbardoshlik tuyg‘ularini shakllantirishda vujudga kelayotgan tahdidlarning kelib chiqish manbasi va ta’sir doirasini e’tiborga olish orqali ularing potensial auditoriyasida tahdidbardoshlik tuyg‘ularini shakllantirish imkoniyatlari ochib berilganiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Yoshlar madaniyati va sport masalalari hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitalarining faoliyatida foydalanilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2021 yil birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan “Yoshlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: axborot iste’moli madaniyatini yuksaltirish masalalari” mavzusida shuningdek, “O‘zbekiston yoshlari: tahdidlar va istiqbol” mavzusidagi tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (Mudofaa va xavfsizlik masalalari Qo‘mitasining 2021 yil 28 sentyabrdagi 7-son dalolatnomasi). Natijada, mamlakatimiz yoshlarining ma’naviy barkamol, etuk va tahdidbardosh avlod bo‘lib kamolga etishlarida ko‘mak bergan;
O‘zbekistonning hozirgi taraqqiyot bosqichida vujudga kelayotgan tahdidlar – ekologik muammolar, geosiyosiy taranglik, diniy va milliy qarama qarshiliklar sharoitida yoshlarda tahdidbardoshlikni shakllantirishda ijtimoiy-siyosiy institutlarning o‘rni ochib berilganiga doir ilmiy-falsafiy taklif va tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2021 yil yanvardagi O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishiga oid “Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda axborot tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish chora-tadbirlari” 39-bandi, Ichki va tashqi tahdidlarga qarshi kurashish, g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan salohiyatli, professional kasbiy tayyorgarliklarga ega bo‘lgan polittexnolog kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda hamda yoshlarda mafkuraviy targ‘ibotni kuchaytirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 6 avgustdagi 02/08-911-son dalolatnomasi). Natijada, sohada tayyorlanadigan professional kadrlarda zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida kirib kelayotgan zararli, yot g‘oyalarning mohiyatini tushunib etadigan, vatanparvar, insonparvar, adolatli, bag‘rikenglik tuyg‘ulari shakllangan har qanday tahdidlarga qarshi tura oladigan yoshlar bo‘lib etishishida xizmat qilgan.