Solieva Nozima Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homiladorlikni ko‘tara olmaslikni tashxislash va oldini olishning zamonaviy jixatlari» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib.1122.
Ilmiy rahbar: To‘qsanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Bobojonova Shoira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Javdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Moskva viloyat akusherlik va ginekologiya ilmiy –tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homiladorlikni ko‘tara olmaslikda yo‘ldoshning tuzilmaviy va funksional buzilishlarini erta tashxislashdagi gemostaz tizimi va antifosfolipid sindromi markerlarini axamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homiladorlikni ko‘tara olmaslikning rivojlanishini aniqlashda biokimyoviy xususiyatlarini tavsiflovchi (AFA, β2 –glikoprotein, volchankali antikoagulyant), regionar gemodinamika parametrlarining oshishi orqali namoyon bo‘ladigan klinik belgilar va gemostaz tizimi (D-dimer) buzilishlarining asosiy xavf omillari aniqlangan va akusherlik asoratlarini klinikagacha tashxislash va bashoratlash usullari ishlab chiqilgan;
antifosfolipid sindrom negizida rivojlangan yo‘ldosh etishmovchiligida, regionar ya’ni bachadon yo‘ldosh qon oqimining o‘zaro bog‘liqligi va ularni homiladorlikning I, III trimestrida gemostaz tizimi buzilishlari rivojlanishini prognoz qilishdagi roli asoslangan;
antifosfolipid sindromi bilan asoratlangan homilador ayollarda gemostaz tizimining parametrlari va bachadon– yo‘ldosh qon oqimining buzilishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
anamnezida homiladorlikni ko‘tara olmaslik kuzatilgan ayollarda dopplerometrik va laborator tekshiruv natijalari asosida, predgravidar tayyorgarlik bosqichi va homiladorlikning birinchi trimestrida antiokoagulyant, yuqori samarali antiagregant kompleks davo choralari bilan birgalikda qo‘llanilib, keyingi homiladorlikning qoniqarli kechishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Reproduktiv yoshda odatiy homila tushishida antifosfolipid sindromi holatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
odatiy homila tashlashda antifosfolipid sindromining roli bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Homiladorlikni ko‘tara olmaslikda antifosfolipid sindromini aniqlash samaradorligini oshirish usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 yanvardagi 8n-d/54-son ma’lumotnomasi); Ushbu tavsiyanomada homiladorlikni ko‘tara olmaslik bilan asoratlanishni erta tashxislash, klinik kechishini aniqlash, laborator tashxislashning optimal variantlarini yaratishga xizmat qilgan;
ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimining amaliyotiga, jumladan, Buxoro shahridagi 8-sonli oilaviy poliklinikasi va Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxonasi bo‘limlari amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 fevraldagi 8n-z/102-son ma’lumotnomasi). Natijada homiladorlikni ko‘tara olmaslik bilan asoratlangan ayollarda, davolash va tashxislash sifatini yaxshilash, kasallikning asoratlari chastotasi hamda ayollar o‘limini qisqartirish, davolash xarajatlarini kamaytirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilgan.