Raufov Alisher Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: «Bronxial astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kesishmasida klinik-immunologik va molekulyar-genetik jihatlari» ixtisoslik shifri: 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib1459.
Ilmiy rahbar: Fayzullaeva Nigora Yax’yaevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nurpeisov Tair Tamirlanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bronxial astma o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan birgalikda kelganda muhim immunologik va molekulyar-genetik markyorlarni hisobga olgan holda erta tashhislashni optimallashtirish va kasallik kechishini prognozlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek millatiga mansub odamlarda P-450 gen polimorfizmining (CYP3A5 (G6986A)) noqulay allel A va G/A genotipi bronxial astma hamda bronxial astma o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan birgalikda kelgandagi rivojlanish xavfi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
CFTR_F508del va CFTR_W1282X genlarining geterozigota holatidagi xavf mutatsiyasining bronxial astma o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan birgalikda kelganda rivojlanishining genetik xavf omili sifatidagi roli asoslangan;
bronxial astma o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan birgalikda kelgan bemorlarda kasallikning kechishi, asoratlar rivojlanishi va immun tizim sitokinlari darajasining o‘zgarishi (IL-8, IFN-γ) o‘rtasida kasallik prognozida proporsional bog‘liqlik aniqlangan;
bronxial astma o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan birgalikda kelganda TNFα va S-reaktiv oqsil o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik borligi aniklangan;
bronxial astma o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi bilan birgalikda kelganda sitokinlar (IL-4, IFN-γ) va IgE sintezi o‘rtasida ishonarli darajadagi bog‘liqlik borligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bronxial astma va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi kesishmasida klinik, immunologik va molekulyar-genetik jihatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bronxial astma va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida immunologik markyorlar prognostik ahamiyatini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan «Bronxial astma va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi kesishmasi bilan og‘rigan bemorlarda immunologik markyorlarning prognostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 apreldagi 8n-r/404-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bemorlarda kasallikni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash usulini qo‘llash orqali kasallik rivojlanishi va kelib chiqadigan asoratlarini oldini olishga xizmat qilgan;
bronxial astma va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi kesishmasi bor bemorlarni tashxislash, prognozlash va profilaktika usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasi va “Poytaxt med diagnostika” xususiy klinikasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 18 maydagi 8n-z/242-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi kasallikni erta tashhislash, davolash taktikasini takomillashtirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish xisobiga statsionarda davolanish davomiyligini qisqartirishga imkon yaratgan.