Mulladjanova Kimyaxon Axatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ilk yoshdagi bolalarda o‘tkir yuqumli diareyalarning klinik-immunologik xususiyatlari», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib904.
Ilmiy rahbar: Xudayqulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Xalida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori; Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ilk yoshdagi bolalarda o‘tkir yuqumli diareyalarning klinik-immunologik tashxisoti va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk yoshdagi bolalarda (3 yoshgacha) qo‘zg‘atuvchining patogenetik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan diareyalarning sekretor va invaziv turlariga taqsimlangan holda davolash asoslangan;
to‘qima antigenlariga nisbatan maxsus sensibillashgan antigen bog‘lovchi limfotsitlar, IL- 10, O‘NO-α ning miqdorini aniqlash ilk yoshdagi bolalarda o‘tkir yuqumli diareyalarning erta tashxisoti uchun asosiy mezon ekanligi asoslangan;
ilk yoshdagi bolalarda o‘tkir diareyaning sekretor turi uchun ichak disbakteriozining II-darajasi, invaziv turi uchun esa III-darajasi namoyon bo‘lishi isbotlangan;
bolalardagi turli xil yuqumli diareyalarning patogenetik davolashda ichak disbiozini tiklaydigan terapiya asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilk yoshdagi bolalar o‘tkir yuqumli diareyalarining klinik-immunologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ilk yoshdagi bolalarda o‘tkir yuqumli diaryalarni erta tashhisoti va davolashdagi yondoshuvlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Ilk yoshdagi bolalarda o‘tkir yuqumli diareyani tashxislash, patogenetik davolash va oldini olish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 8n/659-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli xil etiologiyali diareyalarni qiyosiy mezonlarini ajratib olish, ilk yoshdagi bolalarda klinik-immunologik ko‘rsatkichlarni o‘rganish asosida kasallik asoratlarini bashoratlash hamda davolashni optimallashtirish imkonini bergan;
ilk yoshdagi bolalarda o‘tkir yuqumli diareyalarning klinik-immunologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotida, jumladan Andijon viloyati ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi, Asaka shahar tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi va Andijon viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalari faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash Vazirligining 2022 yil 14 iyuldagi 08-20278-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarni amaliyotga tadbiq etish ilk yoshdagi bolalarda invaziv va sekretor diareyalarni erta tashxislashda baholashni samarador mexanizmini aniqlash hamda majmuaviy davolashga α-2b Interferon va Saccharomices Boulardi dori vositalarini kiritish orqali davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.