Lutfetdinova Ra’no Xusnitdinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Produktiv o‘qish vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped989.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Tursunboy, siyosiy fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupova Shohida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi produktiv o‘qish vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’limda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish tuzilmasi, o‘quvchilarning nutqi va tafakkurini uyg‘unlikda rivojlantirishga doir innovatsion yondashuvlarning ta’sir darajasi barqarorligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini produktiv o‘qish vositasida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish mexanizmi mustaqil fikrlash va kreativ faoliyatga yo‘naltiruvchi vositalarni til ta’limiga intensiv qo‘llash jarayonini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
produktiv o‘qish vositasida o‘quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning tashkiliy-didaktik jihatlari mnemik-ta’limiy faoliyatga asoslangan yondashuvlar asosida o‘quv materiallarini konsentrizm tamoyili bo‘yicha strukturalash mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyani produktiv o‘qish vositasida shakllantirish texnologiyasining tashkiliy-jarayonli jihati  yo‘naltiruvchi, izohlovchi, moslashuvchan, namoyishli tarkibiy asoslarga muvofiq keluvchi motiv, bilim, refleksiya, ko‘nikma, malaka, amaliy faoliyat tajribasi, ijtimoiy-moslashuv, o‘z-o‘zini baholash, o‘z o‘rnini belgilash indikatorlaridan iborat bosqichning samarali muloqot texnikasi bilan adaptiv uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Produktiv o‘qish vositasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich ta’limda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish tuzilmasini affilyativ motivlar, verbal va noverbal nutq ko‘nikmalari, og‘zaki va yozma nutqning fikrlash jarayonlariga intensiv ta’siri bilan bevosita bog‘liq jihatlarini o‘quvchilarning nutqi va tafakkurini uyg‘unlikda rivojlantirishga doir innovatsion yondashuvlarning ta’sir darajasi barqarorligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir takliflardan boshlang‘ich sinflar uchun “O‘qish” va “Ona tili” fanlaridan Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 maydagi 01/11-02-02-747-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ kompetensiyani shakllantirish mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini produktiv o‘qish vositasida kommunikativ kompetensiyasini shakllantirish mexanizmini mustaqil fikrlash va kreativ faoliyatga yo‘naltiruvchi vositalarni til ta’limiga intensiv qo‘llash algoritmini ishlab chiqish orqali  takomillashtirish, produktiv o‘qish vositasida kommunikativ kompetensiyasin shakllantirishning tashkiliy-didaktik jihatlarini mnemik-ta’limiy faoliyatga asoslangan yondashuvlar asosida o‘quv materiallarini konsentrizm tamoyili bo‘yicha strukturalash mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 14 dekabrdagi 316-sonli buyrug‘i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 25 maydagi 01/11-02-02-747-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish va matn bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ kompetensiyani produktiv o‘qish vositasida shakllantirish texnologiyasining tashkiliy-jarayonli jihatini  yo‘naltiruvchi, izohlovchi, moslashuvchan, namoyishli tarkibiy asoslarga muvofiq keluvchi motiv, bilim, refleksiya, ko‘nikma, malaka, amaliy faoliyat tajribasi, ijtimoiy-moslashuv, o‘z-o‘zini baholash, o‘z o‘rnini belgilash indikatorlaridan iborat algoritmik bosqichning samarali muloqot texnikasi bilan adaptiv uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Namangan davlat universitetining A-5-37 “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasining diagnostik materiallar qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2022 yil 11 iyundagi 297-01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning mediamatnlarni o‘qish va tushunish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish