Karimova Nilufar Raimjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘yin ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish metodikasi”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1360.
Ilmiy rahbar: Asqarova O‘g‘ilxon Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.  
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Mamat Eshqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazirova Go‘zalxon Malikovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘yin ta’lim texnologiyasi asosida boshlang‘ich  sinf o‘quvchilarining refleksiv ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘yin ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimga xos “Zukko yetakchi”, “Ko‘rganni eslab qolish diktanti”, “Ertaklar tuzamiz”, “Doiraviy misollar” kabi faollashtiruvchi mashqlar yordamida o‘quvchilarda izlanuvchanlik, topqirlik, o‘quv harakatlarini boshqarish va o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish tizimining izchilligini ta’minlash xususiyatlari aniqlashtirilgan;
kichik maktab yoshi o‘quvchilarida o‘yin ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishning metodik ta’minoti o‘quv faoliyatiga doir amaliy ishlanmalar vositasida loyihalashtirilgan o‘qitish jarayonlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
o‘yin ta’lim texnologiyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish modeli motivatsion, kognitiv, faoliyatli va natijaviy komponentlarining didaktik imkoniyatlarni tizimlashtirish hamda o‘qitishning individual shakliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantiruvchi o‘yin ta’lim texnologiyalari vositasida o‘quv harakatlari izchilligi (tayyorlov, loyihalash, amalga oshiruvchi, yakuniy) dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning integrallashuvini mazmunli ta’minlash orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishning metodik takomillashtirilishiga doir tadqiqot natijalari asosida: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘yin ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimga xos “Zukko yetakchi”, “Ko‘rganni eslab qolish diktanti”, “Ertaklar tuzamiz”, “Doiraviy misollar” kabi faollashtiruvchi mashqlar yordamida o‘quvchilarda izlanuvchanlik, topqirlik, o‘quv harakatlarini boshqarish va o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish tizimining izchilligini ta’minlash xususiyatlari aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish dasturi” doirasida amalga oshirilgan 2019 yil 10 dekabrda tasdiqlangan 591-son “Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.”(O‘zR XTV huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 6 iyuldagi 01/11-02/02-962-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘yin ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishga doir jarayonlarda ijodiy, mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari shakllantirilgan;
kichik maktab yoshi o‘quvchilarida o‘yin ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishning metodik ta’minoti o‘quv faoliyatiga doir amaliy ishlanmalar vositasida loyihalashtirilgan o‘qitish jarayonlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan 2021-2022 o‘quv yilida matematika darsligi uchun yaratilgan AR (to‘ldirilgan borliq) tizimi uchun mo‘ljallangan o‘yinlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zR OO‘MTVning 2021 yil 27 yanvardagi 89-03-496 ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘yin ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishning metodik asoslari takomillashtirishgan;
o‘yin ta’lim texnologiyasi asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirish modeli motivatsion, kognetiv, faoliyatli va natijaviy komponentlarining didaktik imkoniyatlarni tizimlashtirish hamda o‘qitishning individual shakliga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi” nomli o‘quv  qo‘llanma nashr etilgan (O‘zR OO‘MTVning 2020 yil 6 oktyabrdagi  522-son guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘yin ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantiruvchi o‘yin ta’lim texnologiyalari vositasida o‘quv harakatlari izchilligi (tayyorlov, loyihalash, amalga oshiruvchi, yakuniy)ni o‘zaro ta’minlashga asoslangan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning gorizontal hamda vertikal integrallashuvini ta’minlovchi amaliy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga doir amaliy tavsiyalaridan Namangan davlat universitetida bajarilgan           A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zR OO‘MTVning 2021 yil 27 yanvardagi 89-03-496-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘yin ta’lim texnologiyasi asosida refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishga doir jarayonlarda ijodiy, mustaqil mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari shakllantirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish