Aripova Shahnoza Shoaxrarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tilini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini rivojlantirishning metodologik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped.945.
Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandom Hisamovna, filologiya  fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Xurshid Abdurashidovich, pedagogika fanlari doktori (DSc); Misirov Soxibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarining mustaqil ta’lim faoliyatini zamonaviy texnologiyalar vositasida  mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasi ko‘rsatkichlari, shakllari va tarkibiy qismlarini muvofiqlashtirishning ilmiy-nazariy asoslari aniqlashtirilgan;
nofilologik yo‘nalish talabalarining ingliz tilini o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil ta’lim olish kompetensiyasi didaktik mazmuni zamonaviy axborot texnologiyalari integratsiyasi vositasida ta’lim olish metodlarini optimallashtirish orqali takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida mustaqil ta’limning motivatsion hamda kognitiv komponentlari mazmunidan kelib chiqqan holda talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatiga tayyorgarlik darajalari mezonlari quyi, o‘rta, yuqori komponentlarni belgilash asosida takomillashtirilgan;
mustaqil ta’lim olish strategiyalarini inobatga olgan holda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan hamda auditoriyadan tashqari ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik materiallar bazasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini rivojlantirish asosida:
Ingliz tilini o‘qitishda talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini rivojlantirishning metodologik asoslari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida: nofilologik yo‘nalshdagi talabalarda ingliz tilini o‘qitishda mustaqil ta’lim jarayonini tartibga solish va auditoriya darslari bilan mutanosib ravishda tashkillashtirish asoslari hamda yuridik soha tinglovchilarining mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini shakllantirish hamda rivojlantirishga oid materiallar va ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasining o‘quv jarayonini tashkil etish amaliyotiga, jumladan, ingliz tilini o‘qitish jarayoni doirasida “Yuridik xorijiy til” moduli o‘quv dasturlarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasining 2021 yil 31 maydagi 30/5a-21-1077-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur modul` o‘quv kursining mazmuni, tinglovchilarning rejalashtirilgan mustaqil ta’lim tartibi orqali ingliz tili ko‘nikmalari oshishiga erishilgan;
mustaqil ta’limning metodik ahamiyati va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda uning samaradorligini oshirish omillari, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantirishga nisbatan motivatsiya va rag‘batlantirishni oshirish xususiyatlari, mustaqil ta’lim orqali ingliz tilini chuqur o‘rganishning zamonaviy uslublari, metodologik xususiyatlari va texnologik jarayonlari tizimlashtirilgan hamda mustaqil ta’limning kommunikatsion kompetensiyalarini shakllantirish, tafakkur va nutqiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan elektron dastur hamda tadqiqotning ilmiy natijalaridan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 22 noyabrdagi 3138/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mustaqil ta’lim olishga tayyorgarligiga yo‘naltirilgan topshiriqlar tizimi rivojlantirilgan;
mustaqil ta’limning metodik ahamiyati va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda uning samaradorligini oshirish omillari, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantirishga nisbatan motivatsiya va rag‘batlantirishni oshirish xususiyatlari, mustaqil ta’lim orqali ingliz tilini chuqur o‘rganishning zamonaviy uslublari, metodologik xususiyatlari va texnologik jarayonlari tizimlashtirilgan hamda mustaqil ta’limning kommunikatsion kompetensiyalarni shakllantirish, tafakkur va nutqiy salohiyatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan elektron dastur hamda tadqiqotning ilmiy natijalaridan bajarilayotgan 04-sonli “Oliy ta’lim tizimida nogironligi bor talabalar uchun “to‘siqsiz muhit”ni shakllantirish metodikasini yaratish” mavzuidagi ijtimoiy buyurtma loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universiteti muassisligida tashkil etilgan “Istiqbol” tadqiqot markazi nodavlat notijorat tashkilotining 2021 yil 12 dekabrdagi 01/8-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning mustaqil ta’lim olish kompetensiyasini rivojlantirish tamoyillari ingliz tilini o‘zlashtirish tamoyillari integratsiyasi vositasida oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish