Navruz-zoda Layli Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Inson tadbirkorlik qobiliyatini baholash mexanizmini takomillashtirish», 08.00.15 –Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2348.
Ilmiy rahbar: Murodova Nodira Qullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshalieva Saodat Taxirovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot:  Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inson tadbirkorlik qobiliyatini  baholash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:   
tadbirkorlik qobiliyatini baholash maqsadida tadbirkor shaxsning sifat xususiyatlariga ko‘ra “uch darajali - qattiq (hard skills); yumshoq (soft skills) va raqamli (digital skills) tadbirkorlik ko‘nikmalari” tasnifi takomillashtirilgan;
inson tadbirkorlik qobiliyatini baholash mexanizmi “tadbirkorlik mahorati” (business excellence, BEM) ko‘nikmalarini “muhim mahorat indikatorlari”ni  (KPI) miqdoriy mul`tiplikatorini kiritish orqali takomillashtirilgan; 
tadbirkorlik qobiliyatini real erishilgan rivojlanganligini baholashga yondashuvni oraliq mul`tiplikatorini (0,0-0,50) past darajaga ega “mahoratsiz tadbirkor”, (0,51-0,79) o‘rta darajaga ega “salohiyatli tadbirkor”, (0,80-1,0) yuqori darajaga ega “mahoratli tadbirkor” toifalar bo‘yicha tabaqalashtirish orqali baholash yondoshuvi taklif etilgan;  
Buxoro viloyatida mahoratli biznes sub’ektlarining salmog‘ini oshirish hisobiga tadbirkorlikni rivojlantirishni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan inersion va optimistik prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson tadbirkorlik qobiliyatini  baholash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik qobiliyatini baholash maqsadida tadbirkor shaxsning sifat xususiyatlariga ko‘ra “uch darajali - qattiq (hard skills); yumshoq (soft skills) va raqamli (digital skills) tadbirkorlik ko‘nikmalari” tasnifi Buxoro viloyati xokimining 2021 yil 23 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 198-2-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisining 2022 yil 16 avgustdagi  02-02/268-son ma’lumotnomasi). Mazkur tasnif bo‘yicha ajratilgan innovatsion mezonlarini amaliyotga joriy qilinishi mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tadbirkorlik qobiliyatini real erishilgan darajasini KPI tizimida baholash va uni oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
inson tadbirkorlik qobiliyatini baholash mexanizmi “tadbirkorlik mahorati” (business excellence, BEM) sifat aniqlovchisi va “muhim mahorat indikatorlari”  (KPI) miqdoriy mul`tiplikatorini kiritish orqali takomillashtirish taklifi Buxoro viloyati xokimining 2021 yil 23 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 198-2-0-Q/21 son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisining 2022 yil 16 avgustdagi  02-02/268-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy-innovatsion taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini sifat jihatidan KPI vositasida baholash va ilg‘or xorij tajribaga asoslangan “sifat menejmentining biznes ekselens” (tadbirkorlik mahorati) innovatsion yondashuvini qo‘llash evaziga tadbirkorlikni yuksaltirish imkoniyati yaratilgan; 
tadbirkorlik qobiliyatini real erishilgan rivojlanganligini baholashga yondashuvni oraliq mul`tiplikatorini (0,0-0,50) past darajaga ega “mahoratsiz tadbirkor”, (0,51-0,79) o‘rta darajaga ega “salohiyatli tadbirkor”, (0,80-1,0) yuqori darajaga ega “mahoratli tadbirkor” toifalar bo‘yicha tabaqalashtirish orqali baholash mexanizmi taklifi Buxoro viloyati xokimining 2021 yil 23 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 198-2-0-Q/21 son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisining 2022 yil 16 avgustdagi  02-02/268-son ma’lumotnomasi). Natijada tadbirkorlik qobiliyatini baholashning ushbu innovatsion mexanizmini amaliyotga joriy etilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini tadbirkorlik qobiliyatini real rivojlanganlik darajasining mul`tiplikatorini hisoblash va tadbirkor shaxsning sifat maqomini aniqlash hamda ushbu mul`tiplikatorning koeffisienti yuzasidan biznes sub’ektlarining tadbirkorlik mahoratini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tuzish imkonini bergan;
Buxoro viloyatida mahoratli biznes sub’ektlarining salmog‘ini oshirish hisobiga ishlab chiqilgan tadbirkorlikni rivojlantirishni 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan inersion va optimistik prognoz parametrlari Buxoro viloyati xokimining 2021 yil 23 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi 198-2-0-Q/21 son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisining 2022 yil 16 avgustdagi  02-02/268-son ma’lumotnomasi). Natijada, inersion prognozga muvofiq  2021 yilda Buxoro viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan 22850 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari soni 2026 yilda 39700 taga etib, istiqbolli davrda 73,7 foizga oshirilishi va optimistik prognoz bo‘yicha, ularning soni 2026 yilda 47640 taga etib borib, 2 martadan ko‘proq ortish mumkinligi aniqlangan. Mazkur prognoz parametrlari hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik istiqboldagi  rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish