Matchanova Feruza Abadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishning bozor usullari», 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti. (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1184.
Ilmiy rahbar: Yusupxodjaeva Gulchexra Baxadirxodjaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, Dsc. 03/30.12.2019. I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murat Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Samad Normo‘minovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalari raqobatdardoshligini ta’minlashda korxona resurslarini rejalashtirish (ERP) jarayonida ishlab chiqarish bo‘linmalari faoliyatining samarali integratsiyasini xarajatlarni «inqirozli» (0 - 0,34), «ruxsat etilgan» (0,35 - 0,80) va «yuqori» (0,81 - 1) darajalarda baholash yondashuvi negizida baholash asoslangan; 
to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini baholashga uslubiy yondashuv aktivlar daromadlilik darajasini (ROA) ishlab chiqarishda raqamli loyihalash texnologiyalarini qo‘llash va kastomizatsiyalash orqali oshirish negizida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarining raqobatbardoshlik darajasiga aktivlar rentabelligi,  ishlab chiqarish aktivlari, likvidlik, investisiyalar, eksport darajasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar foydalanish kabilarning ta’siri darajasiga ko‘ra ko‘p faktorli ekonometrik model takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini baholashning iterativ mexanizmi har bir muayyan sektor bo‘yicha ekspert xulosasi, empirik ma’lumotlarni quyidan yuqoriga yig‘ib borish  tahliliga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
AKT asosida sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
sanoat korxonalari raqobatdardoshligini ta’minlashda korxona resurslarini rejalashtirish (ERP) jarayonida ishlab chiqarish bo‘linmalari faoliyati samarali integratsiyasini xarajatlarni «inqirozli», «ruxsat etilgan» va «yuqori» darajalarda ta’minlash yondashuvi negizida ta’minlash bo‘yicha yondashuv «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalari, xususan «AMUDARYOTEX» MChJ va «ZARAFSHON TEKSTIL» MChJ faoliyatiga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 23 fevraldagi 03/12-0393-sonli, «AMUDARYOTEX» MChJ va «ZARAFSHON TEKSTIL» MChJ ning 2021 yil 2 noyabrdagi 372-sonli va «ZARAFSHON TEKSTIL» MChJning 2021 yil 12 noyabrdagi 541-son ma’lumotnomalari). Ushbu yondashuvning joriy etilishi mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va «AMUDARYOTEX» MChJ bo‘linmalari o‘rtasida hamkorlikning optimalligiga ko‘ra 2020 yilda 115 000 000 so‘m tejashga erishilishiga xizmat qilgan;
to‘qimachilik korxonalari raqobatbardoshligini baholashga uslubiy yondashuv aktivlar daromadlilik darajasini (ROA) ishlab chiqarishda raqamli loyihalash texnologiyalarini qo‘llash va kastomizatsiyalash orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi korxzonalari, xususan «AMUDARYOTEX» MChJ va «ZARAFSHON TEKSTIL» MChJ faoliyatiga joriy qilingan. («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 23 fevraldagi 03/12-0393-sonli, «AMUDARYOTEX» MChJ va «ZARAFSHON TEKSTIL» MChJ ning 2021 yil 2 noyabrdagi 372-sonli va «ZARAFSHON TEKSTIL» MChJning 2021 yil 12 noyabrdagi 541-son ma’lumotnomalari). Taklifni «AMUDARYOTEX» MChJ va «ZARAFSHON TEKSTIL» MChJda joriy etish mazkur korxonalarda AKT dan foydalanish darajasini 15 foizga oshirish imkonini berdi.
aktivlar rentabelligi, ishlab chiqarish aktivlari, investisiyalar, likvidlik, eksport darajasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kabilarning raqobatbardoshlik darajasiga ta’sirini aniqlashtiruvchi ko‘p faktorli ekonometrik model «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalari, xususan «AMUDARYOTEX» MChJ va «ZARAFSHON TEKSTIL MChJ faoliyatida qo‘llanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 23 fevraldagi 03/12-0393-son, «AMUDARYOTEX» MChJ va «ZARAFSHON TEKSTIL» MChJ ning 2021 yil 2 noyabrdagi 372-sonli va «ZARAFSHON TEKSTIL» MChJning 2021 yil 12 noyabrdagi 541-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amalga oshirish «AMUDARYOTEX» MChJga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 2020 yilda 2,53% ga oshirilishi natijasida aktivlar rentabelligini 15 foizga oshirish imkonini bergan;
sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini baholashning iterativ mexanizmini har bir muayyan sektor bo‘yicha takomillashtirilgan takliflaridan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi korxonalari, xususan «AMUDARYOTEX» MChJ va «ZARAFSHON TEKSTIL» MChJ faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2022 yil 23 fevraldagi 03/12-0393-sonli, «AMUDARYOTEX» MChJ va «ZARAFSHON TEKSTIL» MChJ ning 2021 yil 2 noyabrdagi 372-son va «ZARAFSHON TEKSTIL» MChJning 2021 yil 12 noyabrdagi 541-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amalga oshirish natijasida korxonada iqtisodiy samaradorlikning muayyan darajaga oshishiga olib keladigan mahsulotlar sifati va miqdorini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish