Hayitboeva Nargiza Aliqulovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat tomonidan agrar sektorni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish (Tojikiston Respublikasi materiallari asosida)” 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Madaminov Abduraxim Asrorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Chariev Kurban Amirovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pirizoda Djalil Safar iqtisodiyot fanlari doktori, akademik
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tojikistonda agrar sektorni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavot etishtirish majmualarini moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida xorijiy valyutada olingan kreditlarning kurslarini o‘rtasidagi farqni davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplash taklif etilgan;
o‘simlik mahsulotlarini ishlab chiqarish raqobatdoshligini oshirishda narxlarni davlat tomonidan tartibga solishning rag‘batlantiruvchi moliyaviy mexanizmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi ishlab chiqilgan;
chorvachilik majmualarida naslchilik va genetik innovatsiyalarning ilg‘or usullarini rivojlantirish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish va maksimal foyda olishning 2025 yilgacha prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan;
paxta etishtirish kichik majmualarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida xorijiy investorlarning loyihadagi ulushi 50 foizdan oshganda davlat kafolatlarini taqdim etish amaliyoti taklif etilgan;
tog‘li hududlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida daromad solig‘idan 50 foizgacha imtiyoz berish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Agrar sektorni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
meva-sabzavot etishtirish majmualarini moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida xorijiy valyutada olingan kreditlarning kurslarini o‘rtasidagi oshgan farqni davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplash taklifi Tojikiston Respublikasi hukumatining 2019 yil 31  maydagi 271-son «2019-2021 yillarda Tojikiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi sohasidagi investisiya muhitini yaxshilash va qishloq xo‘jaligi savdosini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar rejasi to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 martidagi 13/7-son ma’lumotnomasi). Natijada, meva-sabzavot etishtirish majmualarini moliyaviy rag‘batlantirish hajmi 2020 yilda 7,6 foizga oshishiga erishilgan;
o‘simlik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida narxlarning davlat tomonidan tartibga solishning moliyaviy mexanizmlarining 2030 yilgacha bo‘lgan prognozi Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillar palatasining 2016 yil 1 dekabrdagi 36-son «Tojikiston Respublikasining 2030 yilgacha Milliy taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 martdagi 13/7-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, 2020 yilda o‘simlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hajmi 11 foizga oshishiga erishilgan;
chorvachilik majmualarida naslchilik va genetik innovatsiyalarning ilg‘or usullarini rivojlantirish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish va maksimal foyda olishning 2025 yilgacha prognoz ssenariylari Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillar palatasining 2016 yil 1 dekabrdagi 36-son «Tojikiston Respublikasining 2030 yilgacha Milliy taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 martdagi 13/7-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, agrosanoat kompleksini rivojlantirish uchun 250 mln. AQSh dollari miqdorida chet el investisiyalari jalb qilishga erishilgan;
paxta etishtirish kichik majmualarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida xorijiy investorlarning loyihadagi ulushi 50 foizdan oshganda davlat kafolatlarini taqdim etish taklifi Tojikiston Respublikasi hukumatining 2014 yil 3 martdagi 144-son «Tojikiston Respublikasining innovatsion agrosanoat kompleksini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 martdagi 13/7-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta etishtirish kichik majmualarni moliyaviy rag‘batlantirishda xorijiy investisiyalar hajmi 2020 yilda 28 foizga oshishiga erishilgan;
tog‘li hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida daromad solig‘idan 50 foizgacha imtiyoz berish taklifi Tojikiston Respublikasi hukumatining 2014 yil 3 martdagi 144-son «Tojikiston Respublikasining innovatsion agrosanoat kompleksini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 1 martdagi 13/7-son ma’lumotnomasi). Natijada, So‘g‘d viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarning moliyaviy resurslari hajmi 2020 yilda 23 foizga o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish