Xalilova Mamura Fayzulla qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tut ipak qurtining jinsi nishonlangan tizimlarining texnologik ko‘rsatkichlarini oshirish  va yangi duragay kombinatsiyalarini yaratish”, 06.02.04 - Ipakchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx879.
Ilmiy rahbar: Nasirillaev Baxtiyar Ubaydullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti va Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar yniversiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Valiev Sayfiddin Tojiddinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdrimova Gulbaxor Erimmatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tut ipak qurtining jinsi nishonlangan yangi tizimlarini texnologik xususiyatlarini takomillashtirishda tuxum rangini irsiylanishini aniqlash va liniyalararo duragay kombinatsiyalari yaratish hamda ularni ishlab chiqarishga tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor translokant tizimlarning (W+w2Ƶ) genotipini yuqori texnologik xususiyatlarni determinatsiya qiluvi genetik omillar (wƶ, ƶƶ) bilan to‘yintirish jarayonida tuxum rangini (och sarg‘ish va kulrang) F1, F2, F3 bo‘g‘inlarda irsiylanish qonuniyatlari aniqlangan;
jinsi nishonlangan va oddiy (genotipida translokatsiya yo‘q) seleksion tizimlar ishtirokidagi duragay kombinatsiyalarning o‘zaro uyg‘unlashuv qobiliyati asoslangan; 
yangi duragay kombinatsiyalarning biologik (97,0 - 97,2 % hayotchanlik) va texnologik (3369-3478 m/g) ko‘rsatkichlari bo‘yicha genetik potensiali aniqlangan; 
yangi duragay kombinatsiyalardan olingan pillalarni avtomat pilla chuvish dastgohlariga mosligi, ularning 18,0-18,9 mm ga teng kalibri ko‘rsatkichlari asosida ilmiy jihatdan asoslangan; 
ichki va tashqi ipak bozorida raqobatbardosh yangi sanoatbop (F1) duragay kombinatsiyalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tut ipak qurtining jinsi nishonlangan tizimlarini takomillashtirish va yangi sanoat duragaylarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tut ipak qurtining jinsi boshqariladigan “Zarafshon 2” va “Zarafshon 3” sanoat  duragaylari yaratilgan va ularga Davlat patentlari olingan (ZAP 2020 0001, ZAP 2020 0002,    (22) 23.11.20.). O‘zR IMA Rasmiy axborotnoma, №4. 30.04.2021. 848-849-b.) (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 19 iyuldagi 3-2/250-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan tut ipak qurtining “Zarafshon 2” sanoat  duragayining  3 qutisi parvarishlanib, har bir qutisidan qo‘shimcha 10 kg dan pilla hosili olinib, iqtisodiy samaradorlik 1358496,0 so‘mni, sof foyda 526032 so‘mni va rentabellik darajasi nazoratga nisbatan 27,8 % ga ko‘tarilgan;
“Zarafshon 3” duragayining 3 quti hajmdagi urug‘lari Farg‘ona viloyat “Agropilla” MChJ joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 19 iyuldagi 3-2/250-sonli ma’lumotnomasi). Natijada joriy qilingan duragayning har bir quti urug‘idan qo‘shimcha 8,0 kg tirik pilla olinib, iqtisodiy samaradorlik 992160,0 so‘mni, sof foyda 379912 so‘mni va rentabellik darajasi nazoratga nisbatan 20,1 % ga oshishiga erishilgan;
 tut ipak qurtining yangi tizimlaridan elita urug‘ tayyorlash ishlari “Farg‘ona Pilla Naslchilik” MChJ ning oilalar pitomnigida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining 2022 yil 19 iyuldagi 3-2/250-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi duragayni tashkil etuvchi tizimdan qo‘shimcha 3,3 quti elita urug‘i olishga erishilgan. 1 qutidan olingan iqtisodiy samaradorlik 1732500 so‘mni, sof foyda 504900 so‘mni tashkil etgan holda rentabellik darajasini 41,1% ga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish