Xalimova Mashraboy Vaxidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tadbirkorlik faoliyatida shaxslararo munosabatlarga oid mas’uliyatni oshirishning ijtimoiy-psixologik determinantlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/P32.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baxriddin, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Umarov Ilxom Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik faoliyatida shaxslararo munosabatlarga oid mas’uliyatni oshirishning ijtimoiy-psixologik determinantlarini mahalliy muhitdagi ustuvorligini aniqlash va tadbirkor mas’uliyatini oshirishning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy tasavvurlarning tadbirkorlar iqtisodiy ijtimoiylashuviga ta’siri natijasida «qattiq malaka» (hard skills) tadbirkor profilini professional jihatlarini, «yumshoq malaka» (soft skills) ma’lumotlarni vizualizatsiyalash, axborotlar bilan ratsional-maqsadli ishlash, kommunikativlik qobiliyatlarni proektiv tafakkur asosida shakllantirishiga muvofiq, «internal» va «eksternal» xususiyatlarni differensial rivojlanishi asoslangan;
faoliyatdagi «kreatsiya», «antisipatsiya», «refleksiya» xususiyatlarining rivojlanishiga «kraud-sorsing» va «ko-kreatsiyalar» usullari orqali ta’sir etish natijasida terminal qadriyatlardagi al`truizm va praksik hisslarni muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining kognitiv jihati bilan integrativ shakllanishi tufayli, tadbirkorlarning «ishlab chiqarish kaliti», «faoliyat indikatorlari», «KPI» darajalarini ko‘tarilishi dalillangan;
tadbirkorda iqtisodiy rollarni transformatsiyalanishi bilan bog‘liq «sillogizm» (oddiy), «induksiya» (umumiy), «deduksiya» (xususiy) tafakkur shakllarini namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ijtimoiy mas’uliyat, kreativlik, SMART maqsadlarni belgilay olish va to‘g‘ri qaror qabul qilish kompetensiyalarini o‘z-o‘ziga adekvat bahoning korreksion ta’siri orqali shakllantirishga asoslanib, «kelajak-Men» va «dinamik-Men»ning mental xususiyatlarini adaptiv rivojlanishi isbotlangan;
tadbirkorlarda ijtimoiy mas’uliyat hissining past darajada namoyon bo‘lishi «maqsadli» iqtisodiy tafakkurning emotsional-kognitiv qadriyatlarga nomutanosib rivojlanganligiga hamda «psixologik mas’uliyat va madaniyat»ni mujassamlashtirgan sotsial kompetensiyalarni shakllantirish muhimliga ko‘ra, «muvaffaqiyatga intilish», «ertangi kunga ishonch» xususiyatlariga teskari proporsional ekanligi asoslangan;
tadbirkorlardagi kreativlikni darajaviy namoyon bo‘lishida kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarining dinamik xususiyatlarini faoliyatdagi vaziyatli o‘zgarishlarni boshqarish va haqqoniy baholash (autentlik) ko‘nikmasini shakllanishi orqali o‘zgarishiga asoslanib, «aqlning tanqidiyligi», «intuitiv ijtimoiy tafakkur» kabi sifatlarning rivojlanganlik holati muhim ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik faoliyatida shaxslararo munosabatlarga oid mas’uliyatni oshirishning ijtimoiy-psixologik determinantlarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy tasavvurlarning tadbirkorlar iqtisodiy ijtimoiylashuviga ta’siri natijasida «qattiq malaka» (hard skills) tadbirkor profilini professional jihatlarini, «yumshoq malaka» (soft skills) ma’lumotlarni vizualizatsiyalash, axborotlar bilan ratsional-maqsadli ishlash, kommunikativlik qobiliyatlarni proektiv tafakkur asosida shakllantirishiga muvofiq, «internal» va «eksternal» xususiyatlarni differensial rivojlanishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-03-a-son buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-03-a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi natijasida zamonaviy raqobatbardosh amaliyotchi-psixolog kadrlarni tayyorlash jarayonining ilmiy-metodik ta’minoti boyitilishiga erishilgan;
faoliyatdagi «kreatsiya», «antisipatsiya», «refleksiya» xususiyatlarining rivojlanishiga «kraud-sorsing» va «ko-kreatsiyalar» usullari orqali ta’sir etish natijasida terminal qadriyatlardagi al`truizm va praksik hisslarni muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasining kognitiv jihati bilan integrativ shakllanishi tufayli, tadbirkorlarning «ishlab chiqarish kaliti», «faoliyat indikatorlari», «KPI» darajalarini ko‘tarilishi dalillanganligiga oid ma’lumotlar asosida «Tadbirkorlik faoliyatida shaxslararo munosabatlarga oid mas’uliyatni oshirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari» nomli monografiya nashr qilingan hamda amaliy tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-03-a-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduli tarkibida o‘quv jarayonida foydalanilgan va. (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-03-a-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi psixologlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qarorlarni qabul qila olish kompetensiyalarini muvaffaqiyatli namoyon qilish imkoni yaratilgan;
tadbirkorda iqtisodiy rollarni transformatsiyalanishi bilan bog‘liq «sillogizm» (oddiy), «induksiya» (umumiy), «deduksiya» (xususiy) tafakkur shakllarini namoyon bo‘lishiga ko‘ra, ijtimoiy mas’uliyat, kreativlik, SMART maqsadlarni belgilay olish va to‘g‘ri qaror qabul qilish kompetensiyalarini o‘z-o‘ziga adekvat bahoning korreksion ta’siri orqali shakllantirishga asoslanib, «kelajak-Men» va «dinamik-Men»ning mental xususiyatlarini adaptiv rivojlanishi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-03-a-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-03-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi amaliyotchi psixologlarni bo‘lajak psixologik xizmat faoliyatiga doir, bilim, malaka, ko‘nikma va kompetensiyalarining oshishiga xizmat qilgan;
tadbirkorlarda ijtimoiy mas’uliyat hissining past darajada namoyon bo‘lishi «maqsadli» iqtisodiy tafakkurning emotsional-kognitiv qadriyatlarga nomutanosib rivojlanganligiga hamda «psixologik mas’uliyat va madaniyat»ni mujassamlashtirgan sotsial kompetensiyalarni shakllantirish muhimliga ko‘ra, «muvaffaqiyatga intilish», «ertangi kunga ishonch» xususiyatlariga teskari proporsional ekanligi asoslangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-03-a-son buyrug‘iga asosan «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan va o‘quv jarayonida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-03-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi amaliyotchi psixologlarni bo‘lajak tadbirkorlarda shaxslararo munosabatlarga oid mas’uliyatni oshirishning ijtimoiy psixologik determinantlarini aniqlashga doir bilimlarini takomillashishishga, tadbirkorlik sohasidagi amaliy jihatdan psixologik tayyorgarligini yanada oshishiga xizmat qilgan;
tadbirkorlardagi kreativlikni darajaviy namoyon bo‘lishida kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarining dinamik xususiyatlarini faoliyatdagi vaziyatli o‘zgarishlarni boshqarish va haqqoniy baholash (autentlik) ko‘nikmasini shakllanishi orqali o‘zgarishiga asoslanib, «aqlning tanqidiyligi», «intuitiv ijtimoiy tafakkur» kabi sifatlarning rivojlanganlik holati muhim ekanligi dalillanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2022 yil 6 maydagi PM-03-a-son buyrug‘iga asosan «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan va o‘quv jarayonida foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022 yil 6 maydagi PM-03-a-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi amaliyotchi psixologlarni bo‘lajak tadbirkorlarda shaxslararo munosabatlarga oid mas’uliyatni oshirishning ijtimoiy psixologik determinantlarini aniqlashga doir bilimlarini takomillashishishga, tadbirkorlik sohasidagi amaliy jihatdan psixologik tayyorgarligini yanada oshishiga xizmat qilgan.