Axmedova Muyassar Xadimatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek tili jargon leksikasining psixolingvistik aspektlari», 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/R24.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Enazarov Tolib Djumanazarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shamsiev O‘ktam Badriddinovich psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi jargon leksikasining psixolingvistik aspektlarini, uning baholanishi, lug‘aviy darajada emotsional, ekspressiv bog‘liqligini empirik jihatdan asoslash, hamda samarali muloqot olib borishda nutq madaniyatini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 nutqiy faoliyatda jargon so‘zlarning ijtimoiy substrati uning tashuvchilarini yosh (o‘quvchi va talaba davri) xususiyatlariga aloqadorligi tufayli, maktab o‘quvchilarining emotsionalligi, ta’sirchanligi, shaxsiy submadaniyatining talabalarga nisbatan yuqoriligi noadabiy leksikaning lug‘aviy qatlami qisman tor va takrorlanish ko‘proq bo‘lishi natijasida jargon so‘zlarining soni o‘quvchilarda kam lekin, uning hajmi talabalar bilan barobar bo‘lishi dalillangan; 
milliy jargonlar kommunikativ nutqda shaxsning hissiy xususiyatlarini ifodalashi natijasida muloqotda maxfiylashtirish, hamfikrlik, ekspressiv-emotsional, fitna, belgi beruvchi, qisqartiruvchi, baho beruvchi vazifalarga ega bo‘lib, o‘zaro bir biriga mos kelmaydi va davrga nisbatan o‘zgaruvchan bo‘lishi, unda aniq qoida, chegara, me’yorni mavjud emasligi, o‘ta harakatchan, tez rivojlanuvchi, o‘zi mavjud bo‘lgan sohadagi o‘zgarishlarni darhol sezish orqali o‘z o‘rnini topish va o‘sish uchun yangi yo‘llar qidirishga moyilligining yuqoriligi dalillangan;
nutqiy faoliyatda jargonlarni kognitiv baholash uning salbiy, ijobiy, neytral, o‘zgaruvchan xususiyatini ko‘rsatib berishga xizmat qilib, bu shaxs leksikonidagi jargonlarning emotsional xususiyatlari aqliy faoliyat bilan chambarchas bog‘liqligi nutqiy faoliyatda o‘z ifodasini topishi orqali ijobiy tuyg‘ularning ustunligi kuzatilgan shaxslar lug‘atida emotsional-bo‘yoqdor jargonlar ko‘proq, salbiy tuyg‘ularning ustunligi kuzatilgan shaxslar lug‘atida esa bunday jargonlar kamroq hajmda bo‘lishi asoslangan; 
muloqotda o‘zini o‘zi nazorat qilishi darajasining sustligi natijasida emotsional buyoqdor so‘zlardan foydalanish holatining kuchli bo‘lishi, vaziyatga qarab o‘zgarishi shaxs leksikonida jargon so‘zlar lug‘ati xajmining ko‘p bo‘lishiga to‘g‘ri prporsional ekanligi asoslangan;
milliy tildagi yoshlar jargonini shakllantirish va yangilashning eng oddiy usullarini qo‘llanishi natijasida qo‘shimchalar va semantik ixtisoslashuv, oddiy tilning semantik ma’nosini va ifodalarini toraytirish bo‘lib, undagi so‘z birikmalarini shakllantirishning keyingi usuli ‒ umumiy adabiy so‘zlar va ifodalarning majoziy, metaforik ishlatilishi hisoblanib, jargondagi metafora mavzuning nominatsiyasini uning xarakteristikasi bilan o‘zida mujassamlashtirishi takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili jargon leksikasining psixolingvistik aspektlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nutqiy faoliyatda jargon so‘zlarning qo‘llanilishi shaxsning ijtimoiy-psixologik, yosh davr va xarakter xususiyatlarini xududiy shakllanishiga ta’siri, jargon so‘zlarining mazmuni va uning nutqiy faoliyatdagi ifodasi ijtimoiy muhit va shaxsiy xususiyatlarga bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi 9-a-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy-psixologik trening» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 25 apreldagi PM-9-a-son ma’lumotnomasi). Natijada Markazning o‘quv faoliyatida nutq madaniyati, nutq psixologiyasi mashg‘ulotlari jarayoniga samarali yordam bergan;
kommunikativ nutqda o‘zbek tili jargon leksikasining psixolingvistik holati va xususiyatlariga bog‘liqligi, o‘zbek tili jargon leksikasining psixolingvistik xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlariga oid ilmiy natijalar Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ish faoliyatiga tadbiq etilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 30 iyundagi 03/08-807-son ma’lumotnomasi). Natijasida yosh avlodning nutqiy madaniyatini to‘g‘ri shakllanishiga, samarali muloqot olib borishlari uchun xizmat qilgan; 
o‘zaro muloqotda turli mavzularga taalluqli jargon leksikasiga berilgan ta’rif va tasniflar, o‘zbek tili jargon leksikasining baholanishining o‘ziga xos jihatlari va uning psixolingvistik mohiyatiga doir ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot” (2020 yil 22 dekabr`) hamda “Adabiy jarayon” (2021 yil 14 aprel`) radioeshittirishining faoliyatda foydalanilgan (04-25-963-son ma’lumotnoma). Natijada radioeshittirish jarayonida nutqiy faoliyatda o‘zbek tili jargon leksikasining qo‘llanilishi shaxsning ijtimoiylashuvidagi amaliy ahamiyati ochib berilishiga xizmat qilgan;
jargon leksikasining shaxs temperamenti xususiyatlarida (ekstravertlarda jargon so‘zlariga ehtiyojning yuqoriligi, intravertlarda esa jargon so‘zlarga nisbatan e’tiborni kamligi) namoyon bo‘lishi shaxsning temperament tipiga xosligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 19 apreldagi 9-a-son buyrug‘i bilan «Umumiy psixodiagnostika» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 25 apreldagi PM-9-a-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim amaliyoti psixologlarining diagnostik ishlarini takomillashtirishiga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish