Muxamedjanova Shahbora Kamolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Xitoy tilida harakat yo‘nalishi fe’llarining leksik-semantik va funksional tahlili”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil.1292.
Ilmiy rahbar: Karimov Akramjon Abilevich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ismatullaeva Nargiza Rasuljanovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi xitoy tilidagi harakat yo‘nalishi fe’llarining tarkibi, semantikasi va funksional xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xitoy tilida harakat yo‘nalishi fe’llarini ajratishda beshta mezonning grammatik asoslari - harakat yo‘nalishi fe’li yetakchi fe’ldan keyin modifikator vazifasida kelishi, o‘rin holi (方所宾语)ni biriktira olishi, qo‘shma fe’l yasalishida ishtirok etishi, qo‘shma fe’l vazifasida o‘rin holi (方所宾语) va to‘ldiruvchini biriktira olishi va bularning qo‘shma fe’l konstruksiyasi tarkibida kelishi aniqlangan;
来 va 去 harakat yo‘nalishi fe’llari semantikasini belgilashda makon, figura (harakatlanayotgan jism) va so‘zlovchining nutqiy vaziyatdagi o‘rnining ta’siri dalillangan;
去harakat yo‘nalishi fe’li mustaqil fe’l vazifasida kelganda makon, modifikator vazifasida esa so‘zlovchi nutqiy vaziyatning diqqat markazida bo‘lishi isbotlangan hamda 去fe’lining 来ga nisbatan grammatikalashuv darajasi yuqoriligi 去ning yo‘nalish ma’nosini zaifroq, sub’ekt nuqtai nazarini kuchli ifodalashi orqali asoslangan;
fe’l-yo‘nalish modellarini hodisalar aspekti orqali modifikatorlarning semantik imkoniyatlari o‘rganilib, xitoy tilida ko‘chish → holatda yuz bergan o‘zgarish → amalga oshirish hodisalariga o‘tishda, ko‘chish elementining zaiflashib, modelning konseptual semantikasi “yo‘l” ma’nosi yo‘qolishi hisobiga kengayib borishi, ko‘chish hodisalarining kontekstual ma’lumotlari (makon xabari)ni tushirib qoldirish mumkinligi, yo‘nalish semantikasining modifikator orqali ifodalanishi asoslangan;
20 ta model tahlili asosida modifikatorlarning qo‘llanilishi 位移事件 ko‘chishning 自移事件 ‒ tashqi ta’sirsiz voqelangan va 致移事件 ‒ ta’sir ostida voqelangan hodisadalarida yuqori, 状态变化事件 - holatda yuz bergan o‘zgarish va 实现事件 amalga oshirish hodisalarida past ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy tilida harakat yo‘nalishi fe’llarining leksik-semantik va funksional tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
xitoy tilida harakat yo‘nalishi fe’llarini ajratishda beshta mezonning grammatik asoslari - harakat yo‘nalishi fe’li yetakchi fe’ldan keyin modifikator vazifasida kelishi, o‘rin holi (方所宾语)ni biriktira olishi, qo‘shma fe’l yasalishida ishtirok etishi, qo‘shma fe’l vazifasida o‘rin holi (方所宾语) va to‘ldiruvchini biriktira olishi va bularning qo‘shma fe’l konstruksiyasi tarkibida kelishi aniqlanganligi, xitoy tilida harakat yo‘nalishi fe’llari semantikasi va ularning o‘zbekcha tarjimada berilishi muammolariga oid natijalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti A-1-180 “Tarjima va madaniyatlararo muloqot masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari yaratish” mavzusidagi ilmiy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2021 yil 7 apreldagi A-1-180-2021/16-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar “Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari” darsligi va “Madaniyatlararo muloqot” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashga xizmat qilgan;
来 va 去 harakat yo‘nalishi fe’llari semantikasini belgilashda makon, figura (harakatlanayotgan jism) va so‘zlovchining nutqiy vaziyatdagi o‘rnining ta’siri dalillanganligi, 去harakat yo‘nalishi fe’li mustaqil fe’l vazifasida kelganda makon, modifikator vazifasida esa so‘zlovchi nutqiy vaziyatning diqqat markazida bo‘lishi isbotlangan hamda 去fe’lining 来ga nisbatan grammatikalashuv darajasi yuqoriligi 去ning yo‘nalish ma’nosini zaifroq, sub’ekt nuqtai nazarini kuchli ifodalashi orqali asoslanganligi, xitoy tilida harakat yo‘nalishi fe’llarining leksik-semantik va funksional xususiyatlari bo‘yicha tahliliy fikrlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 9 apreldagi 01-39-21-son ma’lumotnomasi). Natijada xitoy tilidagi mazkur leksik-semantik guruhning lisoniy tabiatini anglashda o‘ziga xos tendensiya va qonuniyatlarga oid ma’lumotlar efirga uzatilgan eshittirishlarning ilmiy dalillarga boy va ilmiy-ommabop bo‘lishini ta’minlagan; 
fe’l-yo‘nalish modellarini hodisalar aspekti orqali modifikatorlarning semantik imkoniyatlari o‘rganilib, xitoy tilida ko‘chish → holatda yuz bergan o‘zgarish → amalga oshirish hodisalariga o‘tishda, ko‘chish elementining zaiflashib, modelning konseptual semantikasi “yo‘l” ma’nosi yo‘qolishi hisobiga kengayib borishi, ko‘chish hodisalarining kontekstual ma’lumotlari (makon xabari)ni tushirib qoldirish mumkinligi, yo‘nalish semantikasining modifikator orqali ifodalanishi asoslanganligi, 20 ta model tahlili asosida modifikatorlarning qo‘llanilishi 位移事件 ko‘chishning 自移事件 ‒ tashqi ta’sirsiz voqelangan va 致移事件 ‒ ta’sir ostida voqelangan hodisadalarida yuqori, 状态变化事件 - holatda yuz bergan o‘zgarish va 实现事件 amalga oshirish hodisalarida past ekanligi aniqlanganligi xususidagi xulosalardan Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutida olib borilayotgan xitoy tili darslari hamda ilmiy yo‘nalishlarida harakat yo‘nalishi vositalarini qo‘llash, to‘g‘ri tarjima qilish, xitoy tilida harakat yo‘nalishi fe’llari ishtirok etgan gaplarda fe’llarning ma’nolarini to‘g‘ri tushuntirishda qo‘llanilgan (Konfusiy nomidagi o‘zbek-xitoy institutining 2021 yil 21 apreldagi 37/21-son ma’lumotnomasi). Natijada xitoy tilidagi harakat yo‘nalishi vositalarini to‘g‘ri qo‘llash, to‘g‘ri tarjima qilish orqali o‘quvchilarga oson etkazish, shuningdek, xitoy tilida harakat yo‘nalishi fe’llari ishtirok etgan gaplarda fe’llarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini to‘g‘ri tushuntirishda nazariy va amaliy jihatdan yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish