Yusufjonova Shahlo Muxtorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillaridagi frazeologik iboralarning milliy-madaniy xususiyatlari va tarjima muammolari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fi11186.      
Ilmiy rahbar: Muxtorjon Ishonxodjaevich Umarxodjaev, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzaxidova Muyassar Inamjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek tillarida milliy va madaniy iunosabatni ifoda etuvchi frazeologizmlarni qiyosiy tadqiq etish va u orqali milliy-madaniy qarashlar o‘rtasidagi umumiylik va farqlanishlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
frazemalarning tarjima usullari va  ularni takomillashtirishda milliy-madaniy xususiyatlarning tarjimada ifodalanish jihatlari, uning diniy e’tiqod va madaniy me’yorlar bilan shartlangan milliy tarixiy-mifologik asoslari dalillangan;
frazemalarning maqol, matal, qanotli so‘zlar bilan chegaralari aniqlanib, bu birliklar milliy-madaniy xususiyatlarining ahamiyati tarjima lug‘atlari tuzish bilan bog‘liqlikda asoslab berilgan;
nemis tili frazemalarida g‘arb madaniyati belgilari ta’sirida materialistik qarash nisbatan ustunlik qilsa, o‘zbek tili materiallari va frazemalari shakllanishida sharqqa xos falsafiy-madaniy qarashlar ustuvorlik qilishi aniqlangan;
nemis tili frazemalari hamda maqollarida qo‘rquv, xursandlik, ikkilanish, qiziqish, harakatchanlik, achchiqlanish, botirlik, xushomad, erkalatish, to‘g‘ri so‘zlik, sevish kabi ma’nolarni ifodalovchi frazemalar ko‘pchilikni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o‘zbek tillaridagi frazeologik iboralarning aniqlangan milliy-madaniy xususiyatlari va  yoritilgan tarjima muammolari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
frazemalarning tarjima usullari va  ularni takomillashtirishda milliy-madaniy xususiyatlarning ifodalanish jihatlari, buning tarixiy-mifologik asoslari haqidagi xulosalardan Germaniyaning Rur universiteti tomonidan tomonidan olib borilgan “Phraseologie im nationalen und kulturellen Aspekt (am Beispiel der deutschen und turkischen Sprachen)” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Boxum universitetining 2022 yil 15 iyundagi 106-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis va turkiy tillaridagi milliy v madaniy xususiyatga ega bo‘lgan frazeologizmlar o‘xshash hamda farqli tomonlari qiyosan tadqiq qilishda asosli va tizimli xulosalar chiqarishga yordam bergan; 
frazemalarning maqol, matal, qanotli so‘zlar bilan chegaralari aniqlangan hamda bu birliklar milliy-madaniy xususiyatlarining ahamiyati xususidagi ilmiy xulosalardan Rossiya Federatsiyasi Boshqird davlat universiteti tomonidan olib borilgan “Oliy ta’lim muassasasida o‘zga tilli ta’limi(nemistili)ning dolzarb muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Boshqird davlat universitetining 2022 yil 10 iyundagi 3-1029-2204/1092-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan metodik materiallar frazeologizmlar bilan boyitilgan, ilmiy dalillar bilan asoslangan;
nemis tili frazemalarida g‘arb madaniyati belgilari ta’sirida materialistik qarash nisbatan ustunlik qilsa, o‘zbek tili materiallari va frazemalari shakllanishida sharqqa xos falsafiy-madaniy qarashlar ustuvorlik qilishiga oid xulosalardan “Yoshlar” telekanalining “Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar”, “Tafakkurga yo‘l”, “Yangi O‘zbekiston yoshlari”, “Oltin fondimiz” nomli ko‘rsatuvlari dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“Yoshlar” telekanalining 2022 yil 17 maydagi 12-01/121-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlar yurtdoshlarimiz, xususan, yosh avlodni milliy-madaniy tushunchalarini  tabiyalashga, chet tillarida muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ularning ilmiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish