Bobonazarov Navro‘z Habibilaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda jag‘ suyaklarining odontogen kistalarini kompleks davolashni takomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tib1550.
Ilmiy rahbar: Dusmuxamedov Dilshod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Jun Paeng Yong, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya); Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tokai tibbiyot markazi (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda jag‘ suyaklarining odontogen kistalarini davolashda ostegenezni stimulyasiyalash maqsadida osteoplastik preparatdan foydalanishni esperimentda va klinikada qullashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajriba xayvonlarida sun’iy hosil qilingan nuqsonda qo‘llanilgan osteoplastik preparati tarkibidagi kollagen tolalar dastlab dag‘al, bir necha muddatdan so‘ng plastinkasimon shakllanib nuqson atrofi suyak to‘qimasi parchalanishini oldini olishi tajribada asoslangan;
bolalardagi jag‘ suyaklarining odontogen kistalarida shakllangan nuqsonni bartaraf etish maqsadida qo‘llanilgan osteoplastik materiali osteogenezni stimulyasiya qilishi (rag‘batlantirishi), hosil bo‘lgan to‘qimaga qon tomirlarning jadal kirib borishi va natijada osteoblast suyaklanishga optimal sharoit yaratilgani ilk bor aniqlangan;
qo‘llanilgan usulning 12-oydan keyingi rentgenologik tekshiruvlar natijalarida kista sababli shakllangan nuqson o‘rnida to‘liq tiklovchi regenerat paydo bo‘lishi va tuzilishi, zichligi bo‘yicha atrofdagi suyak to‘qimalariga konstruktiv yaqinligi aniqlangan;
bolalarda sistektomiyadan so‘ng suyak bo‘shlig‘ini to‘ldirish maksadida osteoplastik preparati qo‘llanilganda periostal va endostal suyaklarning qayta tiklanishini va kistoz bo‘shliqning yangi hosil bo‘lgan suyak to‘qimasi bilan to‘ldirilishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Taklif etilgan osteoplastik materialni qo‘llash orqali bolalarda jag‘ suyaklari odontogen kistalarinining kompleks davosini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalarda jag‘larning odontogen kistalarini davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Sovershenstvovanie lechebnoy taktiki odontogennix kist chelyustey u detey s ispol`zovaniem kostnogo materiala” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 8n-r/480-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma bolalarda jag‘larning odontogen kistalarini davolash taktikasini takomillashtirish va davolash muddatini qisqartirish imkonini bergan;
bolalarda jag‘larning odontogen kistalarini osteoplastik materiallari yordamida davolash usullarini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Sposob lecheniya odontogennix kist chelyustnix kostey u detey s ispol`zovaniem osteoplasticheskix materialov A-Oss” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 apreldagi 8n-r/285-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda jag‘larning odontogen kistalarini «A-Oss» osteoplastik materiallari yordamida davolash usullarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash orqali davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan usullar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali hamda Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 iyuldagi 8n-z/242-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bolalarda jag‘ suyaklarining odontogen kistalarini kasallikning og‘irligi va darajasini hisobga olgan holda osteoplastik materialdan foydalanib kompleks davolash usulini takomillashtirish, ikkilamchi deformatsiyalar paydo bo‘lish xavfini kamaytirish, jag‘ suyaklarining odontogen kistalari mavjud bemorlarda operatsiyadan keyingi erta va kechki asoratlarning oldini olish hamda bolaning kasalxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini bergan.