Shamsidinov Zayniddin Ziyooviddinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu203.
Ilmiy rahbar: Zufarov Rustam Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Otabek Muxtorovich, yuridik fanlar doktori; Xasanov Temur Xolmamatovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishiga oid jinoyat huquqi nazariyasi qoidalari orqali jinoyat-huquqiy va boshqa normalarni amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik sub’ektlarining javobgarligini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar ular rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida uch oydan keyin kuchga kirishi lozimligi asoslangan;
qilmishning nafaqat jinoiyligi va jazoga sazovorligi, balki boshqa huquqiy oqibatlar ham ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun bilan belgilanishi lozimligi asoslangan;
jinoiy oqibat kelib chiqqan vaqtdan qat’iy nazar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqt jinoyat sodir etilgan vaqt deb topilishi lozimligi asoslangan;
jinoyat ishi bo‘yicha sud qarori chiqqunga qadar jinoyat qonuni bir necha marta o‘zgargan bo‘lsa, ushbu qonunlarning eng engili qo‘llanilishi lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishi masalalarini tadqiq etish natijalari asosida:
tadbirkorlik sub’ektlarining javobgarligini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar ular rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida uch oydan keyin kuchga kirishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 20 aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–682-sonli Qonunining 40-moddasining ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 17 maydagi 06-13/13-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan bog‘liq jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik belgilashda jinoyat qonunining vaqt bo‘yicha amal qilishiga oid qoidalarga rioya qilinishini ta’minlashga xizmat qilgan;
qilmishning nafaqat jinoiyligi va jazoga sazovorligi, balki boshqa huquqiy oqibatlar ham ana shu qilmish sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan qonun bilan belgilanishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ–3723-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilayotgan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasidagi 12-moddada o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 4 iyundagi 27/2-115/22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyat qonunini qo‘llashda qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligini belgilamaydigan, lekin boshqa jinoyat huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi jinoyat-huquqiy normalarning vaqt bo‘yicha amal qilishi masalasiga oydinlik kiritishga xizmat qilgan;
jinoiy oqibat kelib chiqqan vaqtdan qat’iy nazar ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqt jinoyat sodir etilgan vaqt deb topilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ–3723-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilayotgan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasidagi 12-moddada o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 4 iyundagi 27/2-115/22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyat qonunini qo‘llashda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqtni aniqlashtirishga xizmat qilgan;
jinoyat ishi bo‘yicha sud qarori chiqqunga qadar jinoyat qonuni bir necha marta o‘zgargan bo‘lsa, ushbu qonunlarning eng engili qo‘llanilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi PQ–3723-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilayotgan Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasidagi 13-moddada o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 4 iyundagi 27/2-115/22-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi jinoyat qonunini qo‘llashda shaxsga nisbatan aynan qaysi jinoyat qonunini qo‘llash lozimligini aniqlashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish