Xudoynazarov Egambergan Madraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped252.
Ilmiy rahbar: Ruziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Rasul Nortijievich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent; Abdullaeva Barno Sayfiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sinfdan tashqari ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining taxmin qilish, asoslov va sabablar ustida fikr yuritish kabi mantiqiy fikrlashi hozirjavoblik, ishchanlik, faollik qonuniyatlari asosida rivojlantirilib, mantiqiy ketma-ketlik va izchillikda o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirilgan;
ta’lim motivatsiyasi va o‘qitishni nazorat qilish diagnostikasi bilan kengaytirilgan metodik tizimning imkoniyatlari hamda didaktik shart-sharoitlari o‘quvchilarni rivojlantirishda aniq va ravshan, tanqidiy, tizimli mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollar va og‘zaki mashqlardan foydalanishga asoslangan holda takomillashtirilgan;
pedagog, psixolog, buyuk allomalarning didaktik qarashlari asosida xulosalar chiqarish, dalillar keltirish, asoslash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mantiqiy fikrlashini rivojlantirish ko‘rsatkichlarining omillari aniqlashtirilgan;
oson va qulay og‘zaki hisoblashlarni amalga oshirishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan evrestik ta’lim metodikasining samaradorlik darajasi aniqlanib, konstruksiyalash va modellashtirish tajribalariga ustuvorlik berish asosida amaliyotga tatbiq etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
sinfdan tashqari ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil qilish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining taxmin qilish, asoslov va sabablar ustida fikr yuritish kabi mantiqiy fikrlashi hozirjavoblik, ishchanlik, faollik qonuniyatlari asosida rivojlantirilib, mantiqiy ketma-ketlik va izchillikda o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirilganligi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning pedagogik xusiyatlarini va metodik omillarini aniqlashga oid ilmiy-metodik takliflar asosida “Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i, 500-236-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, o‘quv dasturlari mazmunan takomillashtirilgan hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
ta’lim motivatsiyasi va o‘qitishni nazorat qilish diagnostikasi bilan kengaytirilgan metodik tizimning imkoniyatlari hamda didaktik shart-sharoitlari o‘quvchilarni rivojlantirishda aniq va ravshan, tanqidiy, tizimli mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan savollar va og‘zaki mashqlardan foydalanishga asoslangan holda takomillashtirilganligi, sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mantiqiy fikrlashini rivojlantirishni pedagogik asoslari ishlab chiqilib “Matematika o‘qitish metodikasi” fanining o‘quv dasturi “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 06 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, 522-060-raqamli nashr guvohnomasi) hamda “Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-010-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning metodik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
pedagog, psixolog, buyuk allomalarning didaktik qarashlari asosida xulosalar chiqarish, dalillar keltirish, asoslash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mantiqiy fikrlashini rivojlantirish ko‘rsatkichlarining omillari aniqlashtirilganligi, og‘zaki mashqlardan foydalanish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning tizimli modelini takomillashtirishning didaktik shart-sharoitlarini asoslashga oid mualliflik g‘oyalaridan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining PZ-2014-0903160552 – raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” (2015-2017 y.y.) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirish va natijalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining 2022 yil 28 fevraldagidagi 02-07-586/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik tizim takomillashtirilgan;
oson va qulay og‘zaki hisoblashlarni amalga oshirishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan evrestik ta’lim metodikasining samaradorlik darajasi aniqlanib, konstruksiyalash va modellashtirish tajribalariga ustuvorlik berish asosida amaliyotga tatbiq etilganligi, muammoli vaziyatlarda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishga xizmat qilishga qaratilgan innovatsion metodlar va texnologiyalarni takomillashtirishga oid takliflaridan “Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi” g‘oyalarini amaliyotga tadbiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 yanvardagi 06-02/2-652-son ma’lumotnomasi). Natijada, og‘zaki mashqlar yordamida boshlang‘ich sinf darslarida evrestik ta’lim metodidan foydalanib o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilishiga xizmat qilgan.