Obidov Nuriddin G‘ofurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kartoshka tuganaklari ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda saralash mashinasining konstruktiv va texnologik parametrlarini asoslash», 05.07.01 – «Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2128.
Ilmiy rahbar: Baxadirov Gayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Temirov Sayidraxim Umarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kartoshka tuganaklarini tashqi o‘lchamlariga ko‘ra bir nechta fraksiyalarga ajratish uchun mo‘ljallangan takomillashgan saralash yuzasiga va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan saralash mashinasining konstruksiyasini ishlab chiqish hamda uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kartoshka tuganaklarini kam shikastlaydigan va aniqligi oshirilgan elastik to‘r bilan jihozlangan barabanli saralash mashinasining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
saralash mashinasining tuganaklarni talab darajasida saralanishini ta’minlash jarayonini ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar dumalab ishqalanish koeffisienti va kartoshkaning geometrik o‘lchamlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
saralash mashinasi barabani diametrini aniqlash imkonini beradigan bog‘lanish elastik to‘rning elastikligi va kartoshka tuganaklarining massalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
saralash mashinasining ishchi yuzasi qiyaliklari va saralash yuzasining harakatlanish tezligini saralash aniqligiga birgalikdagi ta’sirini ifodalaydigan regressiya tenglamalari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kartoshka saralash mashinasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kartoshkani kam shikastlaydigan, energiya va resurs tejamkor saralash mashinasining texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patent olingan («Ildizmevalarni saralash mashinasi», №FAP 01733-2021 y.). Natijada, kartoshkani saralash aniqligi yuqori bo‘lgan mashinaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan kartoshkani saralash mashinasi Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi «Muqim ota barakali zamin» va «Muzaffar fayzli eri» fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 27 sentyabrdagi 02/023-3910-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshqa konstrusiyadagi saralash mashinalariga qaraganda tuganaklarining saralanish aniqligi 10-15 foizga oshirishga, kartoshka tuganaklarining shikastlanish darajasi 20,5-22,4 foizdan 5,1-7,1 foizga, mehnat sarfi 20,0 foizga va ekspluatatsion xarajatlarni 17,7 foizga kamaytirishga erishilgan.