Hayitov Umidjon Hamidovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi xaqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda innovasion texnologiyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3193.
Ilmiy tadqikot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK rakami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Hamroev Alijon Ro‘ziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborot bilan ishlash va o‘z-o‘zini rivojlantirish, kognitiv fikrlash kompetensiyalarini shakllantirishda “mustaqil bilim olish”, “o‘zini-o‘zi baholash”, “o‘zini-o‘zi nazorat qilish”, “axborotni saralash”, “salbiy axborotga nisbatan himoya”, “buzg‘unchi axborotga qarshi kurash”ga o‘rgatishning imkoniyatlari pedagogik, psixologik va fiziologik jihatdan aniqlashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash, nutqiy va lingvistik kompetensiyalari shakllantirish, ijodiy fikrlash, mustaqil ishlay olish kompetensiyalarini jamoaviy va induviduallik asosida ob’ektiv baholashning integrativligini amaliy ta’minlash orqali  takomillashtirilgan;
o‘quvchilar ta’lim traektoriyasiga oid jarayonlarni oldindan tasavvur qilish, bashorat qilish, gipotezalarni shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish, yaratuvchanlik, kreativlik kompetensiyalari ishlab chiqilib, o‘quv platformasi va mobil ilovalardan foydalanish orqali o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kompetensiyalarini rivojlantirishda elektron kutubxona, virtual va intellektual borliq, robototexnika, arduino, masofadan o‘qitish, ta’lim kontentini boshqarish tizimlari, to‘ldirilgan borliq, hisoblash matematikasi, ijtimoiy tarmoqlar, internet tijorat, raqamli axborotlar bilan ishlash va ularni qayta ishlash texnologiyalari hamda pedagoglarning didaktik ta’minotini yaxshilash, o‘qituvchilar va mentorlar uchun masofadan o‘qitish, LMS, MOOC kurslarining joriy etish samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
o‘quvchilarning kompetensiyalarini innovatsion texnologiyalardan foydalanib rivojlantirish jarayonini takomillashtirishda mafkuraviy immunitetning “axborotni saralash”, “salbiy axborotga nisbatan himoya”, “buzg‘unchi axborotga qarshi kurash”, “ijobiy motivatsiya”, “o‘zini-o‘zi nazorat qilish”, “o‘zini-o‘zi baholash” singari yetakchi ijtimoiy-psixologik sifatlarning motivatsion, kognitiv va xulq-atvor komponentlarini rivojlantirishga doir nazariy ma’lumotlardan Buxoro davlat universitetining OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihaning “O‘smirlarda mafkuraviy immunitet shakllanganlik darajalarini tadqiq qilish uslubi” qismini  bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022 yil 10 fevraldagi 02-101-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ijtimoiy-psixologik sifatlarning motivatsion, kognitiv va xulq-atvor komponentlari rivojlantirilgan;
innovatsion texnologiyalardan foydalanib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘quv platfomasi”, “Ta’limda axborot texnologiyalari fani elektron darsligi” asosida ijodiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirishga oid mobil ilova va dasturiy o‘quv-metodik vositalardan Buxoro muxandislik texnologiya institutining 2019-2021 yillarda bajarilgan A-5-37 raqamli “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muxandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini oshirish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro muxandislik texnologiya institutining 2022 yil 22 fevraldagi 02/02-89-192-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining axborotlar bilan ishlash, nutqiy va lingvistik kompetensiyalari shakllantirilib, ijodiy fikrlash, mustaqil ishlay olish qobiliyatlari rivojlantirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kompetensiyalarini rivojlantirishda elektron kutubxona, virtual va intellektual borliq, robototexnika, arduino, masofadan o‘qitish, ta’lim kontentini boshqarish tizimlari, to‘ldirilgan borliq, hisoblash matematikasi, ijtimoiy tarmoqlar, internet tijorat, raqamli axborotlar bilan ishlash va ularni qayta ishlash texnologiyalari hamda pedagoglarning didaktik ta’minotini yaxshilash, o‘qituvchilar va mentorlar uchun masofadan o‘qitish, LMS, MOOC kurslarining joriy etishga oid  metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 20 maydagi 01/11-02/02-735-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini shakllantirish, aqliy savodxonligini oshirish, o‘zini va o‘zgalar fikrini anglash, boshqalar bilan muloqotda o‘zini tutish, erkin fikrlash, o‘z fikrini dadil bayon etishga o‘rgatish kabi kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishga erishilgan.
o‘quvchilar ta’lim traektoriyasiga oid jarayonlarni oldindan tasavvur qilish, bashorat qilish, gipotezalarni shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish, yaratuvchanlik, kreativlik kompetensiyalari ishlab chiqilgan o‘quv platformasi va mobil ilovalarlardan foydalanish orqali o‘qitish metodikasi mazmunan  takomillashtirilga oid mualliflik g‘oyalari “Boshlang‘ich sinf matematika darslarida innovatsion texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-son buyrug‘i, 233-0335-raqamli guvohnomasi). Natijada, innovatsion texnologiyalardan foydalanib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish