Abdullaeva Nasiba Jo‘raevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Ped218.
Ilmiy maslahatchi: Turg‘unov Sobitxon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/05.06.2020.Ped.76.03 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, professor; Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Kodirov Kuvondik Ayitbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatni shakllantirishning samarali usullarini aniqlash va texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatni shakllantirishning kasbiy-amaliy, tashkiliy-psixologik omillari “vijdon”, “erkinlik”, “burch”, “javobgarlik” kabi ekzistensional komponentlarni ustoz-shogird tizimi mazmuniga didaktik implementasiya qilish orqali aniqlashtirilgan;
pedagogik mas’uliyatni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari kasbiy qadriyatlarni rivojlantirish (reproduktiv, produktiv, ijodiy, yuqori darajada ijodiy) darajalarini nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga refleksiv diagnostika muhitida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatni shakllantirish modeli tanlov barqarorligini ta’minlovchi kasbiy faoliyat motivasiyasini oshirishga yo‘naltirilgan avtoritet ustozga intilish, jamiyat e’tirofi kabi motivlar hamda rag‘batlantiruvchi, imperativ, eksteriorizasiya va ijtimoiy-pedagogik interiorizatsiya tamoyillariga asoslangan pedagogik mexanizmlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatning shakllanganlik darajalarini baholash mezonlari o‘qituvchilik faoliyatiga qo‘yiladigan malaka talablarini kuzatuvchilik, assistentlik, moderatorlik kabi kasbiy o‘sish kompetensiyalari bilan faoliyatli-mazmunli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatni shakllantirish texnologiyalari refleksiv ko‘nikma va kasbiy bilimlarni improvizatsion muhitda intensiv rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatni shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatni shakllantirishning kasbiy-amaliy, tashkiliy-psixologik omillari “vijdon”, “erkinlik”, “burch”, “javobgarlik” kabi ekzistensional komponentlarni ustoz-shogird tizimi mazmuniga didaktik implementasiya qilishga doir taklif va tavsiyalari “Xalq pedagogikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-065 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mexanizmlari takomillashtirilgan;
pedagogik mas’uliyatni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari kasbiy qadriyatlarni rivojlantirish darajalarini nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga refleksiv diagnostika muhitida optimallashtirishga oid takliflaridan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi grant loyiha doirasidagi vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 iyundagi 02-07-1536/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda pedagogik mas’uliyatni shakllantirish jarayoniga amaliy-texnologik jihatdan yondashish tizimi takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatni shakllantirish modeli tanlov barqarorligini ta’minlovchi kasbiy faoliyat motivasiyasini oshirishga yo‘naltirilgan avtoritet ustozga intilish, jamiyat e’tirofi kabi motivlar hamda rag‘batlantiruvchi, imperativ, eksteriorizasiya va ijtimoiy-pedagogik interiorizatsiya tamoyillariga asoslangan pedagogik mexanizmlarni joriy etishga doir taklif va tavsiyalari “Xalq pedagogikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-sonli buyrug‘i, 110-065-raqamli guvohnoma). Natijada talabalarda pedagogik mas’uliyatni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatning shakllanganlik darajalarini baholash mezonlari o‘qituvchilik faoliyatiga qo‘yiladigan malaka talablarini kuzatuvchilik, assistentlik, moderatorlik kabi kasbiy o‘sish kompetensiyalari bilan faoliyatli-mazmunli uyg‘unlashtirishga doir taklif va tavsiyalari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 7 iyundagi 02-07-1536/04-son dalolatnomasi). Natijada talabalarda pedagogik mas’uliyatni shakllantirishda ta’lim, oila va mahalla hamkorligini uyg‘un tashkil etilishiga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mas’uliyatni shakllantirish texnologiyalari refleksiv ko‘nikma va kasbiy bilimlarni improvizatsion muhitda intensiv rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalari “Xalq pedagogikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 110-son buyrug‘i, 110-065-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida pedagogik mas’uliyatni shakllantirish samaradorligining oshishiga erishilgan.