Xalilov Ravshanjon Muratdjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fabaceae va Apiaceae oilasiga mansub o‘simlik turlaridan flavonoidlar va terpenoidlar asosida dori vositalarining substansiyalarini olish texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/T198.
Ilmiy maslahatchi: Mamatxanov Axmatxon Umarxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Sagdullaev Baxodir Toxirovich, texnika fanlari doktori; Karieva Yoqut Saidkarimovna, farmatsevtika fanlari doktori; Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: jigarni himoyalovchi va safro haydovchi «Flanorin», «Lemarin», gipoazotemik ta’sirga ega «Sinarozid» substansiyalarini olish texnologiyalarini yaratish, antiprostatik ta’sirga ega «Ferulen» substansiyasini olish texnologiyasini takomillashtirish hamda parrandachilikda qo‘llash uchun ozuqaga qo‘shimchalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
flavonoidlarga boy ekstrakt olish imkonini beruvchi, avval xomashyoni yot moddalardan tozalash uchun suv yordamida, so‘ngra Pseudosophora alopecuroides ildizlaridan flavonoidlarni ajratib olish uchun tanlangan ekstragent spirt bilan ketma-ket ekstraksiya qilish usuli ishlab chiqilgan;
suyuq – suyuq ekstraksiya usulida ekstragentlarning qutbliligini o‘zgartirib mahsulotlarni qismlarga ajratish va suv-spirtli ekstraktning yashil rangini yo‘qotish imkoniyatlari isbotlangan;
Ammothamnus Lehmannii ildizlarining flavonoidlari asosidagi lemarin vositasi substansiyasini olishning sanoat texnologiyasi yaratilgan;
yuqori unum bilan bir xil sifatga ega mahsulot olish imkonini beruvchi, Ferula varia er ustki qismidan olingan ekstraktni tozalash va sinarozid substansiyasini kristallashning optimal sharoitlari aniqlangan;
ferulen substansiyasini qisqartirilgan texnologiya asosida olish uchun seskviterpen spirtlarining murakkab efirlarini silikagelda xromatografik usulda tozalash va to‘ldiruvchi qo‘shish bilan quritish talablari aniqlangan;
Ferula tenuisecta ildizlarining seskviterpen spirtlarining murakkab efirlari asosida parrandalarning tuxum qo‘yishini tezlashtiruvchi «Pano-25», «Panoroot-50», «Panoroot-98» ozuqaga qo‘shimchalari yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ob’ektlaridan substansiyalar olish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Flanorin» substansiyasini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (29.01.2010, № IAP 04077). Ilmiy tadqiqot natijasi jigar kasalliklarini davolash uchun yangi dori vositasini yaratish imkonini bergan;
«Sinarozid» substansiyasini ishlab chiqarish texnologiyasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (31.12.2013, № IAP 04785). Natijada gipoazotemik ta’sirga ega dorilarni respublikada lokalizatsiya qilish imkoniyati yaratilgan;
«Ferulen» preparatining prostata bezining adenomasi va rakini davolash xususiyatiga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (30.05.2014, № IAP 04871). Ilmiy izlanish natijasi shu turdagi sintetik dori vositalariga nisbatan bezarar bo‘lgan tabiiy antiprostatik dori vositasini yaratish imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «Ferulen», «Sinarozid» va «Flanorin» dori vositalarini ishlab chiqarish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruhsat etilgan («O‘zfarmsanoat» AJning 2017 yil 3 noyabrdagi MD-06/3073-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur preparatlarning tayyor dori shakllari «NIKA PHARM» korxonasida ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Ranoroot-50» ozuqaga qo‘shimchasi uchun korxona standarti ishlab chiqilgan va «OʻZSTANDART AGENTLIGI» tomonidan 112/000604-son bilan ro‘yxatga olingan (Ts 03535440 - 016:2013). Ilmiy tadqiqot natijasida parrandachilik sohasida qo‘llaniladigan ozuqaga qo‘shimchalarni Fransiyaning «LATOXAN» firmasiga eksport qilish imkonini bergan.