Yax`yaeva Adolat Xodjievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining shakllanishi va harbiy ta’limning rivojlanish tarixi (1991-2005 yillar Mudofaa vazirligi misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tar163.
Ilmiy rahbar: Alimova Dilorom Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Ismoilova Jannat Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida Qurolli Kuchlarning shakllanishi va harbiy ta’limni rivojlanishi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillikning dastlabki yillarida armiyada boshqaruvning susayishi, uning nazoratdan chiqishi jamiyat uchun xatarli ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining mudofaa sohasida amaliy harakatlarning boshlanishi mamlakat mudofaasini ta’minlash barobarida davlatning harbiy strategik siyosatini shakllanishiga zamin yaratganligi asoslangan;
O‘zbekistonda Qurolli kuchlarni shakllantirish, uning faoliyat yuritishi uchun huquqiy normativ aktlar qabul qilinishi milliy armiyani professional darajaga ko‘tarilishida muhim qadam bo‘lganligi, bu chora tadbirlarni amalga oshirishda BMTning huquqiy me’yorlari, Evropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Xel`sinki yakunlovchi akti, MDH Kollektiv xavfsizlik shartnomasi kabi xalqaro hujjatlarning barcha talablariga rioya qilinganligi dalillangan;
Qurolli kuchlar tizimida harbiy vatanparvarlik tarbiyasi masalalari qat’iylik bilan olib borilganligi, harbiy vatanparvarlik tarbiyaning rivojlanishi boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan holda amalga oshirilganligi isbotlangan;
Mudofaa Vazirligi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlash tizimini qayta tashkil etilishi va takomillashtirilishi undagi islohot jarayonlari bilan birga amalga oshirilishi pirovardda ko‘p tarmoqli professional kadrlar tayyorlash tizimiga o‘tilishiga imkon berganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining shakllanishi va harbiy ta’limning rivojlanish tarixi (1991-2005 yillar Mudofaa vazirligi misolida) mavzusida olib borilgan tadqiqotlar asosida:
mustaqillikning dastlabki yillarida armiyada boshqaruvning susayishi, uning nazoratdan chiqishi jamiyat uchun xatarli ekanligini anglagan holda, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining mudofaa sohasida amaliy harakatlarning boshlanishi mamlakat mudofaasini ta’minlash barobarida davlatning harbiy strategik siyosatini shakllanishiga zamin yaratganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar davlat muzeyining ekspozisiyalarining yangilanishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2021 yil 24 fevraldagi 25/10/362/1-son dalolatnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasidagi tinglovchilar va kursantlarni o‘qitilishi sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy loyihalarni amalga oshirishga imkon bergan;
O‘zbekistonda Qurolli kuchlarni shakllantirish, uning faoliyat yuritishi uchun huquqiy normativ aktlar qabul qilinishi milliy armiyani professional darajaga ko‘tarilishida muhim qadam bo‘lib, bu chora tadbirlarni amalga oshirishda BMTning huquqiy me’yorlari, Evropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Xel`sinki yakunlovchi akti, MDH kollektiv xavfsizlik Shartnomasi kabi xalqaro hujjatlarning barcha talablariga rioya qilinganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida 2003-2005 yillarda bajarilgan O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar Qo‘mitasining P-4.1 “O‘zbekistonda harbiy ish tarixidan (eng qadimgi davrdan hozirgacha)”mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 15 sentyabrdagi 3/1255-2500-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi loyiha doirasida chop etilgan “O‘zbekistonda harbiy ish tarixidan” (Toshkent, “Sharq” 2012 yil. 256-b.) nomli kollektiv monografiyaning “O‘zbekiston Respublikasida milliy armiyaning barpo etilishi va harbiy islohotlar” (241-256 betlar) nomli qismini mazmunan boyitishga xizmat qilgan; 
Qurolli kuchlar tizimida harbiy vatanparvarlik tarbiyasi masalalari o‘z vaqtida qat’iylik bilan hal qilinib, harbiy vatanparvarlik tarbiyaning rivojlanishi boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan holda amalga oshirilganligiga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalidagi 2020 yil 14 yanvarda efirga uzatilgan «Taqdimot» ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 13 fevraldagi 0240-361-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarda Qurolli Kuchlar tizimida harbiy vatanparvarlik tarbiyasi masalalarining yo‘lga qo‘yilishi borasidagi tasavvurlarini kengaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish