Ochilova Nilufar O‘lmasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): « Inglizzabon g‘arb va o‘zbek nasrida ot obrazi talqini (Seton-Tompson, Anna Syuvel`, Tog‘ay Murod, Turob To‘la asarlari asosida)», 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1148.
Ilmiy rahbar: Quvvatova Dilrabo Hamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Hajieva Feruza Melsovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inglizzabon g‘arb va o‘zbek adabiyotining Ernest Seton-Tompson, Anna Syuvel`, Turob To‘la, Tog‘ay Murod singari yozuvchilarning asarlaridan namunalar misolida ot obrazi talqini, ramziy–timsoliy ma’nolarini ilmiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ot obrazi genezisi, ramziy-timsoliy ma’nolari, milliy xususiyatlarining  antik davr adabiyotidagi «Iliada», inglizzabon G‘arb fol`kloridagi afsona, masal, iboralar hamda Uyg‘onish davri ingliz adabiyotidagi Shekspir sonetlari  namunalarida jangovorlik, sadoqat, yetakchilik va hiyonat timsollarida namoyon bo‘lishi aniqlangan; 
o‘zbek fol`klori va mumtoz adabiyotida yaratilgan ot obrazining badiiy-tadrijiyligi «Go‘ro‘g‘li», «Alpomish» dostonlari, xalq maqollari, N.Rabg‘uziyning «Qissasi Rabg‘uziy» asari, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin», «Sab’ai Sayyor» dostonlaridagi lavhalar orqali dalillanib, uning badiiy adabiyotda insonlashtirilishi, serfazilatligi, mardlik timsoli, bosh qahramonga sodiq do‘st, yo‘ldagi yo‘ldosh singari ma’nolarni ochib berishi dalillangan;
Ernest Seton-Tompsonning «Yovvoyi yo‘rg‘a» asaridagi yovvoyi yo‘rg‘a obrazining erk, ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, matonat timsoli, haqiqiy yo‘lboshchi darajasida talqin etilganligi badiiy lavhalar orqali dalillanib, mazkur xususiyatlar «Alpomish» xalq dostonidagi Boychiborga xos takomil belgilari, individuallik hamda umumiylik, yaqinlik va o‘xshashlik (mushtaraklik) qirralari asoslangan;
Anna Syuvelning «Qora tulpor» va Tog‘ay Murodning «Ot kishnagan oqshom» asarlaridagi otning umumbashariy jihatlari sadoqat, do‘stlik, ozodlik ramzi sifatida ifodalanishi, uning insonlashtirilishi sabot-matonat, sezgirlik, hushyorlik, jiddiylik, o‘ychanlik fazilatlari tasviri aks etgan badiiy parchalarda namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inglizzabon G‘arb va o‘zbek adabiyotida yaratilgan ot obrazi talqini bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida: inglizzabon G‘arb va o‘zbek nasrida ot obrazi genezisi va tadrijini yoritish, ot obrazi tasvirining fol`klor, mumtoz adabiyot va zamonaviy nasrda talqin etilishini chog‘ishtirish, asliyat va tarjima xususiyatlari, adib badiiy mahorati va ijodiy individuallik masalalariga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining FA-F1-OO5 raqamli 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining). Natijada inglizzabon G‘arb va o‘zbek nasrida yaratilgan ot obrazining kelib chiqish asoslari, ramziy-timsoliy ma’nolari, milliy xususiyatlari va jihatlarini ochib  berishga erishilgan;
E.Seton-Tompson, A.Syuvel`, T.To‘la, T.Murod singari yozuvchilar asarlaridagi otning umumbashariy jihatlari: sadoqat, do‘stlik, ozodlik ramzi sifatida ifodalanishi, uning insonlashtirilishiga oid natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining «Sakkizinchi mo‘’jiza», «Adabiyot bo‘stonida» teledasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 27 noyabrdagi 1/310-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida esa ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilgan. 
inglizzabon G‘arb va o‘zbek nasridagi ot obrazining badiiy adabiyotda insonlashtirilishi, serfazilatligi, mardlik timsoli, bosh qahramonga sodiq do‘st, yo‘ldagi yo‘ldosh singari ma’nolarining tahlil xulosalaridan Istanbul Tikaret Universiteti ta’lim jarayonida, ya’ni  turk hamda chet ellik talabalarning jahon adiblari asarlarida ot obrazining ahamiyati haqidagi bilimlarini boyitishda foydalanilgan (Istanbul Tikaret universitetining 2022 yilning 10 martdagi ÖZ-056-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va xorijiy romanlariga xos ot obrazi xususiyatlarning umumiy tahlili, jahonga mashhur mutaxassislarning bu boradagi mulohaza va xulosalari izohi talabalarning ot obrazi talqini haqidagi nazariy tushunchalarini boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish