Sharofutdinova Ra’noxon Shavkatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini  rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2511.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: O‘rinova Feruza O‘ljaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Feruza Usmanovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini  ijodiy faoliyatni  rivojlantirish  metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishga  xizmat qiladigan didaktik-psixologik imkoniyatlar muammoli topshiriqlarni echa olish, o‘zaro yordam, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro musobaqalashish kabi kreativlik mezonlarini o‘qituvchining innovatsion faoliyati mazmuniga o‘quvchilar bo‘sh vaqtini maqsadli nazoratga olishga yo‘naltirilgan shaxsiy namuna muhitida singdirish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti ijtimoiy muhitda shaxs kognitiv-amaliy harakatlarini differensial modellashtirish mexanizmlarining reglamentar muvofiqlashuvi hamda yangiliklarni qabul qilish, ijodiy  fikrlash va ijodiy ishlashni mustaqil tashkil etishga o‘rgatuvchi motivatsion-kreativ ish turlarini nisbiy qiyoslash munosabatida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan; 
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish modeli aqliy va estetik tarbiya uyg‘unligidagi ko‘rgazmalilik, vaziyatboplilik kabi tamoyillarni “tabiat va ijodiy muhit” munosabatidagi o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-texnologik jarayonga yakka, jamoaviy ishlash kabi ish turlarini adaptivlashtiruvchi o‘zini-o‘zi rivojlantirish muhitida kiritish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirish texnologiyalari  sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni axborotli muhitda tashkil etishga mo‘ljallangan "Tez hisobla" kompyuter mashqlari hamda manfaatli ijodga undaydigan hayotiy vaziyatlarni erkin ifodalashga motivatsiyalovchi o‘quv keyslari, blis so‘rov, modellashtirish, ijodiy ish kabi interfaol usullarga davriy o‘zlashtirish progresini ta’minlagan holda  ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha  ilmiy - tadqiqot natijalari asosida:
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishga  xizmat qiladigan didaktik-psixologik imkoniyatlar muammoli topshiriqlarni echa olish, o‘zaro yordam, o‘z-o‘zini baholash, o‘zaro musobaqalashish kabi kreativlik mezonlarini o‘qituvchining innovatsion faoliyati mazmuniga shaxsiy namuna muhitida singdirishga oid taklif va tavsiyalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining I-2011-1Z raqamli “Tarbiyachilarni pedagogik faoliyatga tayyorlash” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 15 yanvardagi 02-07-127/04-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik  imkoni oshirilgan;
o‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti ijtimoiy muhitda shaxs kognitiv-amaliy harakatlarini differensial modellashtirish mexanizmlari hamda yangiliklarni qabul qilish, ijodiy  fikrlash va ijodiy ishlashni mustaqil tashkil etishga o‘rgatuvchi motivatsion-kreativ ish turlarini nisbiy qiyoslash munosabatida optimallashtirishga oid takliflari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining OT-F-1-100 raqamli "Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiy vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi" nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 15 yanvardagi 02-07-127/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish modeli aqliy va estetik tarbiya uyg‘unligidagi ko‘rgazmalilik, vaziyatboplilik kabi tamoyillarni “tabiat va ijodiy muhit” munosabatidagi o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-texnologik jarayonga o‘zini-o‘zi rivojlantirish muhitida kiritishga doir takliflari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining OT-F-1-100 raqamli "Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiy vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi" nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 15 yanvardagi 02-07-127/04-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyati rivojlantirilgan va uni baholashning milliy tizimi takomillashtirishga  erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish