Xaydarova Nigora Toxirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston animatsiya san’atining asosiy tamoyillari”, 17.00.03 – Kino san’ati. Televidenie  (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/San54.
Ilmiy rahbar: Rahmatullaeva Dilfuza Nazrullaevna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: San’atshunoslik instituti, DSs. 02/30.12.2019. San.51.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilafro‘z Muhsinovna, san’atshunoslik fanlari doktori; Mirzamuxamedova Maxsura Toxirovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek animatsiyasi shakllanishi va rivojining asosiy tamoyillari, tur va janrlari, badiiy va texnik xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek animatsiyasi paydo bo‘lishi va shakllanishiga rus mul`tiplikatsiyasining qo‘g‘irchoq fil`mlari ijobiy ta’sir ko‘rsatgani bois fil`mlarda qo‘g‘irchoq animatsiyasiga xos bo‘rtma tasvir, badiiy texnik asos mavjudligi, personaj, makon va detallar tabiiy ashyoda ifodalangani aniqlangan;
o‘zbek animatsiyasining rivojlanish bosqichlarida fil`mlar tasviriy ifodasi texnologik jihatdan o‘zgarib, syujetlar falsafiy-miniatyura, tarixiy, zamonaviy  yo‘nalishlarda talqin etilgani sababli ularda bo‘rtma va plastik tasvir, tabiiy-dekorativ bezak, sharqona uslub, janr va texnologiyalar uyg‘unligi, fazoviy-vizual effektlar muhim o‘rin tutgani isbotlangan;
milliy animatsion fil`mlarda voqea va qahramonlar tasviri bo‘rttirilib, shartli ifodalash prinsipiga asoslangani sabab makon va personaj obrazi, plastik tasvir, ranglar garmoniyasi, o‘yinli syujet, animatsion harakat kabi kompozisiya elementlari ekran asari mazmundorligini oshirishga xizmat qilgani ochib berilgan; 
o‘zbek animatsiyasining qo‘g‘irchoq, chizma, perekladka, plastilin, 2D, 3D va kombinatsion turlaridagi fil`mlarida rang, harakat, maxsus effekt, musiqa kabi ifoda vositalarining bo‘rttirilib tasvirlanishi sababli qahramonlar xarakteri va voqealar mazmuni ta’sirchan, ishonarli ifodalangani dalillangan;
milliy animatsiyada epik, lirik, hayoliy-fantastik, ramziy, allegorik, yumoristik obrazlar plastika, dinamika va shaklan turlicha tuzilishi sababli tasviriy, uslubiy, kompozision echimining o‘zaro farqlanishi asoslangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston animatsiya san’atining asosiy tamoyillari mavzusi doirasida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida:
o‘zbek animatsiyasi paydo bo‘lishi va shakllanishiga rus mul`tiplikatsiyasining qo‘g‘irchoq fil`mlari ijobiy ta’sir ko‘rsatgani bois fil`mlarda qo‘g‘irchoq animatsiyasiga xos bo‘rtma tasvir, badiiy texnik asos mavjudligi, personaj, makon va detallar tabiiy ashyoda ifodalangani aniqlangani bo‘yicha olingan natijalardan “Mul`tiplikatsiya tarixi” darsligi, “O‘zbekiston animatsion fil`mlari” o‘quv qo‘llanmasi, “3D texnologiyasida animatsion fil`m yaratish bosqichlari” video qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022 yil 7 yanvardagi 01-17/03-04-son ma’lumotnomasi). Natijada soha bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning mul`tiplikatsiya san’atining paydo bo‘lishi, milliy animatsiyadagi zamonaviy jarayon, rassom-mul`tiplikator ijodi hamda zamonaviy texnologiyalar asosida fil`m yaratishga doir tushuncha va tasavvurlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
o‘zbek animatsiyasining rivojlanish bosqichlarida fil`mlar tasviriy ifodasi texnologik jihatdan o‘zgarib, syujetlar falsafiy-miniatyura, tarixiy, zamonaviy  yo‘nalishlarda talqin etilgani sababli ularda bo‘rtma va plastik tasvir, tabiiy-dekorativ bezak, sharqona uslub, janr va texnologiyalar uyg‘unligi, fazoviy-vizual effektlar muhim o‘rin tutgani isbotlangani bo‘yicha olingan natijalardan “Astir animation”, “White Line” xususiy studiyalarining internet saytida o‘zbek animatsiyasiga oid ma’lumot berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining 2021 yil 11 yanvardagi 01-05/08-26-son ma’lumotnomasi). Natijada sohaga qiziquvchilar uchun o‘zbek animatsion fil`mlarining rivojlanish jarayoniga doir ma’lumotlardan xabardor bo‘lish va o‘zbek animatsiyasiga oid tasavvurlarini kengaytirishga imkon yaratilgan;     
o‘zbek animatsiyasining qo‘g‘irchoq, chizma, perekladka, plastilin, 2D, 3D va kombinatsion turlaridagi fil`mlarida rang, harakat, maxsus effekt, musiqa kabi ifoda vositalarining bo‘rttirilib tasvirlanishi sababli qahramonlar xarakteri va voqealar mazmuni ta’sirchan, ishonarli ifodalangani dalillangani bo‘yicha olingan natijalardan 2021 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi “Infolib Uzbekistan-2021” X Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida tashkil etilgan “O‘zbek mul`tiplikatsiyasi durdonalari” tadbirining konsepsiyasini ishlab chiqish va uni o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2021 yil 17 noyabrdagi 02-11/1167-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlar o‘zbek mul`tiplikatsiyasida yaratilgan klassik fil`mlarning ijodkorlari, mavzu, janr, obraz, uslub, texnologiyalari hamda ularning xususiyatlariga doir batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lgan; 
milliy animatsiyada epik, lirik, hayoliy-fantastik, ramziy, allegorik, yumoristik obrazlar plastika, dinamika va shaklan turlicha tuzilishi sababli tasviriy, uslubiy, kompozision echimining o‘zaro farqlanishi asoslangani bo‘yicha olingan natijalardan “Mul`tiplikatsion fil`mlar studiyasi” DUK hamda “Sinema servis”, “Astir animation”, “Futurist” xususiy animatsion studiyalarning ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining 2021 yil 11 yanvardagi 01-05/08-26-son ma’lumotnomasi). Natijada “Sovg‘a” (2019), “Par yostiq” (2019), “Mittivoylar” (2019), “Fil va sichqoncha” (2020), “Zag‘cha” (2020), “Qaldirg‘och va mayna” (2020) animatsion fil`mlarida obrazlar tasviri va texnologiyalardan foydalanishda zaruriy natijalarga erishilgan;
o‘zbek tasviriy san’atiga oid sharq miniatyurasi va rangtasvir kartinalarining harakatdagi tasvirini yaratish asnosida ijodiy asar syujetini chuqur anglash, aniq va tushunarli talqin etish imkoni yuzaga kelishi bo‘yicha olingan natijalardan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod miniatyuralari asosida “Musavvir merosi” hamda O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur rangtasvir asarlari asosida “Layli va Majnun” nomli badiiy animatsion asarlar yaratilgan va O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining 2020 yil 14 oktyabrda “Buyuk musavvir Kamoliddin Behzod tavalludining 565 yilligi”ga bag‘ishlangan Xalqaro simpozium hamda 2021 yil 5 fevralda “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi”ga bag‘ishlangan respublika ko‘rgazmasida namoyish etilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2022 yil 7 yanvardagi 01-17/03-04-son ma’lumotnomasi). Natijada soha ijodkorlarida musavvir kartinalarining animatsion usulda yangi ko‘rinishlarini talqin etish, rangtasvirchi rassom va animator o‘rtasida ijodiy hamkorlikni mustahkamlash imkoni yuzaga kelgan, animatsiyaning tasviriy va amaliy san’at asarlari badiiy xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqligi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish