Xujabaev Safarboy Tuxtabaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Operatsiyadan keyingi katta va yirik ventral churralarni jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tib731.
Ilmiy maslahatchi: Ismailov Saydmurad Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Teshaev Oktyabr` Ruxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjiev Daniyar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya milliy tibbiy tadqiqot markazi» Federal Davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: lazerli ta’sir ko‘rsatishning yangi texnologiyalarini joriy etish va operativ davolashning taktik-texnik jihatlarini takomillashtirish orqali tashrixdan keyingi katta va ulkan ventral churralarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimalarni keng mobilizatsiya qilish zarurati va protezni onlay holatida implantatsiya qilish natijasida limfa kapillyarlarining kesishishi, shuningdek, inlay holatida churra qopining etarli darajada rezorbsiya funksiyasining bo‘lmasligi klinik jihatdan muhim bo‘lgan seroma hosil bo‘lishi xavfini keltirib chiqarishi aniqlangan;
protezli gernioplastikada nuqson hajmi, plastika turi va semizlik darajasi bilan bir qatorda, ligaturali granulemalarda yoki chandiqli o‘zgargan to‘qimalarda yashiringan “mudragan infeksiya”ning bo‘lishi bilan churraning qaytalanishidagi takroriy aralashuv omili yaqin davrda asoratlar rivojlanishi xavfining eng muhim prediktori ekanligi aniqlangan;
tashrixdan keyingi yaqin davr natijalarini, shuningdek, protezni mahkamlash turini, birlamchi yoki takroriy gernioplastikani va semizlik darajasini hisobga olgan holda ulkan va keng ko‘lamli churralarda gernioplastikaning uzoq muddatdagi asoratlarining strukturasiga va klinik kechishi xususiyatlariga aniqlik kiritilgan;
qorin old devorining katta churralarida, protezli plastikani tarangliksiz shakllantirish, suyuqlik yig‘ilishini oldini olish uchun maxalliy rezorbtiv funksiyani saqlash va infisirlanish xavfini kamaytirish kabi omillar majmuasi bilan tavsiflanuvchi tashrix usuli takomillashtirilgan;
ventral churralar alloplastikasida antibakterial ta’sirni kuchaytirishga hamda kam energiyali lazer nurlanishining fotosensibilizatsiyalovchi va fotodinamik ta’siri orqali reparativ faollikni rag‘batlantirishga qaratilgan jarohat infeksiyasi rivojlanishini yoki zo‘rayishini oldini olish usuli takomillashtirilgan;
protezni mahkamlashning taklif qilingan usuli lazerli nurlantirish vositasida fotodinamik terapiya ta’siridan foydalanish bilan birgalikda jarohat asoratlari rivojlanishi xavfini kamaytirgani holda reparativ jarayonlarni kuchaytirishi protezli plastikaning tajribaviy modelida aniqlangan;
protezli plastikadan keyin jarohat yuzasiga antiseptik ta’sir ko‘rsatish hamda lazer bilan rag‘batlantirishning barcha usullari mahalliy infeksiya rivojlanishi bo‘yicha profilaktik choralarni kuchaytirishi, ammo alloplastik materialdan foydalanish fonida rivojlangan yiringli-yallig‘lanish jarayonida kam samaraliligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tashrixdan keyingi katta va ulkan ventral churralarni xirurgik davolashning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qorin old devorining ulkan churralarini plastika qilish usuli» takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2022 yil 18 apreldagi IAP 2022 0148-sonli ixtiro uchun patenti). Qorin old devorining katta churralarini aponevrozni to‘rli implantat bilan mustahkamlash orqali tarangliksiz plastika qilishning taklif etilgan usuli asoratlar sonini kamaytirishga, davolash muddatlarini qisqartirishga va churra qaytalanishi xavfini pasaytirishga imkon bergan;
«Infisirlangan churralar alloplastikasida infeksiya zo‘rayishini oldini olish usuli» takomillashtirilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 08-32071-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usul jarohatning yiringli-yallig‘lanish asoratlari sonini kamaytirishga va allogernioplastikadan so‘ng bemorlarni reabilitatsiya qilish muddatini qisqartirishga imkon bergan;
Tashrixdan keyingi katta va ulkan ventral churralarda protezli plastika bshhyicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi asosida ishlab chiqilgan «Tashrixdan keyingi katta va ulkan ventral churralarda protezli plastikaning taktik va texnik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 08-32071-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar tashrixdan keyingi katta va ulkan ventral churralari bo‘lgan bemorlarda allogernioplastikaning taktik va texnik jihatlarini maqbullashtirishga imkon bergan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolarida parenximatoz qon ketish kuzatilgan bemorlarga xirurgik yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Andijon va Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining xirurgiya bo‘limlari hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti klinikasi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 17 oktyabrdagi 08-32071-son ma’lumotnomasi). Tashrixdan keyingi ventral churralarda protezli plastikaning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish yaqin davrda spesifik asoratlar rivojlanishi chastotasini 40,9% dan 15,6% gacha kamaytirishga, reabilitatsiya muddatlarini 8,6±2,7 dan 7,1±1,5 kungacha qisqartirishga, shuningdek, uzoq muddatda asoratlar paydo bo‘lish ehtimolini 11,7% dan 3,1% gacha pasaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish