Daliev  Baxtiyor Sirojiddinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Birinchi tur singulyar integral tenglamalarni taqribiy echish uchun optimal algoritmlar», 01.01.03–Hisoblash matematikasi va diskret matematika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/FM197.
Ilmiy rahbar: Shadimetov Xolmatvay Maxkambaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hayotov Abdullo Raxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xudoyberganov Mirzoali Urazalievich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumlashgan Abel integral tenglamasini taqribiy echish uchun optimal kvadratur formula qurish va ularning xatolik funksionallarini differensiallanuvchi funksiyalar sinflarda normalarini hisoblashdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sobolev fazosida Abel integral tenglamasining taqribiy echimi uchun kvadratur formulalarning xatolik funksionali normasining kvadrati hisoblangan; 
Sobolev fazosida Abel integral tenglamasining taqribiy echimi uchun optimal kvadratur formulalarning mavjudligi va yagonaligi isbotlangan, hamda ushbu tenglamani echish uchun sonli algoritm ishlab chiqilgan;
 fazosida birinchi tur Abel tipidagi integral tenglamalarni taqribiy echish uchun ,  va  hollarda kvadratur formulalarning optimal koeffisientlari topilgan;
 fazosida Abel tipidagi tenglamalarning taqribiy echimlarini topish va echimlarning xatoligini baholash uchun dastur yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sobolev fazosida umumlashgan Abel tipidagi integral tenglamalarni taqribiy echish uchun optimal algoritmni hosil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Sobolevning - tartibli hosilasi kvadrati bilan jamlanuvchi funksiyalar fazosida Abel integral tenglamalarini echish uchun berilgan algoritmlardan va qurilgan optimal kvadratur formuladan OT-F-3-19 – “Energiya o‘zgarishining issiqlik sikllariga asoslangan quyosh energetik qurilmalari uchun yangi tipdagi fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish” fundamental loyihasida energiya o‘zgartirishning issiqlik sikllariga asoslangan quyosh energetik qurilmalarida issiqlik tarqalish tenglamalarini echish uchun singulyar integrallarni xisoblashda foydalanilgan (Farg‘ona politexnika institutining 2021 yil 17 iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada, energiya o‘zgartirishning issiqlik sikllariga asoslangan quyosh energetik qurilmalari uchun issiqlik tarqalish tenglamalarini echish uchun singulyar integrallarni hisoblash imkonini bergan;
 fazosida singulyar integral tenglamalarni taqribiy echish uchun qurilgan kvadratur formulalardan MV-Atex-2018-94 “Cho‘l erlari uchun turg‘unligi oshirilgan universal-chopiq traktorining konstruktiv va texnologik parametrlarini ishlab chiqish” fundamental loyihasida turg‘unligi oshirilgan traktorning konstruktiv, texnologik parametrlarini aniqlashda differensial tenglamalar, integral tenglamalar echimini taqribiy hisoblashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2022 yil 16 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, differensial va integral tenglamalarning taqribiy echimi turg‘unligi oshirilgan traktorning konstruktiv, texnologik parametrlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish