Umurzoqov Dilmurod Xolmurodovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Milliy mancublikning etnopcixologik xucuciyatlari” (turli millat vakillarining ilk o‘cpirinlari micolida)», 19.00.05 – Ijtimoiy pcixologiya. Etnopcixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/P98.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instiuti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021. P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Umarova Navbahor Shokirovna, psixologiya fanlari bo‘yicha (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli millat vakillari bo‘lgan ilk o‘cpirinlarda milliy mancublikning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarini aniqlash hamda ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk o‘spirinlardagi o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatning etnik xususiyatlar ta’sirida namoyon bo‘lishi turli millat vakillarida tavakkalchilik, g‘amxo‘rlik, moslashuvchanlik, mehnatsevarlik, vaqtni ratsional taqsimlash, mulohaza yurtishda aniqlik va isbotlarga tayanishlik, o‘zaro hurmat, izlanuvchan, o‘zgalarni tushunish, qadriyatlarga yo‘nalganlik kabi shaxslilik sifatlariga ustuvorlik berganligiga asoslanib, milliy mansublikning differensial rivojlanishini ta’minlovchi omil ekanligi isbotlangan;
ilk o‘spirinlardagi ijtimoiy tasavvurlarni shaxs shakllanishiga ta’siri natijasida qadriyatlarlarning milliy-madaniy, faoliyat, hissiy-irodaviy komponentga muvofiq o‘zgarishiga ko‘ra, milliy mansublikni ramziy belgilar asosida baholash muhimligi dalillangan;
ilk o‘spirinlarning milliy mansubligini xarakterlashda o‘zbek, tojik, rus millati vakillarining real va ideal «milliy Men»i orasidagi ichki ziddiyatlarni ijtimoiy rollarning adaptiv transformatsiyasi orqali uyg‘unlashtirishga muvofiq, milliy timsollarga ijtimoiy rollar asosida munosabat bildirish zarur ekanligi isbotlangan;
ilk o‘spirinlardagi milliy o‘zlikni anglash jarayoniga etnik stereotiplarning ta’siri natijasida kommunikativ, irodaviy, intellektual, emotsional xususiyatlarni terminal qadriyatlar asosida semantik differensiallashuvi tufayli, milliy mansublikni rivojlanishida gender tafovutlar kuzatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilk o‘cpirinlarda milliy mancublikning ijtimoiy pcixologik, etnopcixologik omillarni aniqlash yuzacidan olingan ilmiy natijalar quyidagi faoliyatlarda tatbiq etildi:
ilk o‘spirinlardagi o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatning etnik xususiyatlar ta’sirida namoyon bo‘lishi turli millat vakillarida tavakkalchilik, g‘amxo‘rlik, moslashuvchanlik, mehnatsevarlik, vaqtni ratsional taqsimlash, mulohaza yurtishda aniqlik va isbotlarga tayanishlik, o‘zaro hurmat, izlanuvchan, o‘zgalarni tushunish, qadriyatlarga yo‘nalganlik kabi shaxslilik sifatlariga ustuvorlik berganligiga asoslanib, milliy mansublikning differensial rivojlanishini ta’minlovchi omil ekanligi borasidagi ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 2 martdagi PM-3-a-sonli buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 2martdagi dagi PM-3-a-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muaccacalari amaliyotchi psixologlari faoliyatida ilk o‘spirinlar tasavvurida milliy mansublikning shakllanganlik darajasini prognozlash imkoniyatini takomillashtirishga erishilgan;
ilk o‘spirinlardagi ijtimoiy tasavvurlarni shaxs shakllanishiga ta’siri natijasida qadriyatlarlarning milliy-madaniy, faoliyat, hissiy-irodaviy komponentga muvofiq o‘zgarishiga ko‘ra, milliy mansublikni ramziy belgilar asosida baholash muhimligi dalillangan ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 2 martdagi PM-3-a-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika univerciteti huzuridagi Pcixologiya o‘quv- ilmiy markazining 2020 yil 2 martdagi PM-3-a-con ma’lumotnomasi). Natijada Markazning amaliyotchi pcixologlarini ilk o‘cpirinlarda milliy mansublikka oid qarashlari camaradorligi yanada oshirildi; amaliyotchi psixologlarning ilk o‘cpirinlarda milliy mansublikning shakllanish shart-sharoitlari va mexanizmlarini rivojlantirishga oid bilimlarini boyitish imkoniyati paydo bo‘lgan;
ilk o‘spirinlarning milliy mansubligini xarakterlashda o‘zbek, tojik, rus millati vakillarining real va ideal «milliy Men»i orasidagi ichki ziddiyatlarni ijtimoiy rollarning adaptiv transformatsiyasi orqali uyg‘unlashtirishga muvofiq, milliy timsollarga ijtimoiy rollar asosida munosabat bildirish zarur ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumolar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 2 martdagi PM-3-a-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika univerciteti huzuridagi Pcixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 2 martdagi P-M-3-a-con ma’lumotnomasi). Natijada ammaliyotchi psixolog mutaxassislarni o‘quvchilardagi ijtimoiy va milliy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarni aniqlash hamda takomillashtirishga erishilgan;
ilk o‘spirinlardagi milliy o‘zlikni anglash jarayoniga etnik stereotiplarning ta’siri natijasida kommunikativ, irodaviy, intellektual, emotsional xususiyatlarni terminal qadriyatlar asosida semantik differensiallashuvi tufayli, milliy mansublikni rivojlanishida gender tafovutlar kuzatilishi borasidagi isbotlangan ma’ulomtlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 2 martdagi PM-3-a-sonli buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 2 martdagi dagi PM-3-a-son ma’lumotnomasi). Natijada Psixologiya markazidagi laboratoriyalarning ilmiy-metodik ta’minotini boyitishga erishilgan.