Omonov Sherali Ibroxim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda reklama idrok qiluvchilar shaxsining etnopsixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P279.
Ilmiy rahbar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat
pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Xayitov Oybek Eshboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Shoimova Shoxista Sanaqulovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reklamani idrok etuvchilardagi shaxs xususiyatlarining milliy qadriyatlarga bog‘liqligi va ularning etnopsixologik o‘ziga xosligini empirik jihatdan ochib berish hamda tadbirkorlar va reklama beruvchilar uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reklama maxsulotlari iste’molchilarining asosiy qismi yoshlar va ayollar auditoriyasi ekanligiga ko‘ra, gender jihatdan ayollarda erkaklarga nisbatan emotsional ta’sirlanish va motivatsiya, axborotni adekvat idrok qilishga moyillikning yuqoriligiga asoslanib, xarid madaniyati borasida an’anaviy pozisiyani namoyon bo‘lishi dalillangan;
reklamani idrok etish jarayoniga shaxs tipologik xususiyatlarining ta’siri natijasida introvertlarda ichki, ekstravertlarda esa tashqi qadriyatlarning amaliy xulq motivatsiyasiga transformatsiyalanishiga ko‘ra, xarid tanlovini amalga oshirishga nisbatan optimistik munosabatni shakllanishi asoslangan;
mahsulotlarni reklama qilishda ishontirish usulini qo‘llanilishi ijtimoiy ustanovkalarning affektiv va konativ komponentini «muammoli vaziyatni yaratish», «reportaj» kabi psixologik ta’sir mexanizmi asosida uyg‘unlashtirishi tufayli, iste’molchilar auditoriyasining gender jihatlariga muvofiq differensial ta’sirga ega ekanligi isbotlangan;
reklama ma’lumotlarining «axborot effekti»ni adekvat idrok qilish jarayonini shakllanishi ijtimoiy ustanovkaning affektiv, kognitiv, konotiv idrokga bog‘liq ravishda diferensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, iste’molchilarda xarid qilish madaniyati bilan bog‘liq xulqning rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda reklama idrok qiluvchilar shaxsining etnopsixologik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
reklama maxsulotlari iste’molchilarining asosiy qismi yoshlar va ayollar auditoriyasi ekanligiga ko‘ra, gender jihatdan ayollarda erkaklarga nisbatan emotsional ta’sirlanish va motivatsiya, axborotni adekvat idrok qilishga moyillikning yuqoriligiga asoslanib, xarid madaniyati borasida an’anaviy pozisiyani namoyon bo‘lishini dalillashga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi P-M-8-sonli buyrug‘i bilan «Menejment va marketing psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi P-M-8-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tadbirkorlar, pedagog-psixologlar, jamiyatning turli soxalariga xizmat ko‘rsatishga tayyorlanuvchi amaliyotchi psixolog, marketolog, iqtisodchi mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
reklamani idrok etish jarayoniga shaxs tipologik xususiyatlarining ta’siri natijasida introvertlarda ichki, ekstravertlarda esa tashqi qadriyatlarning amaliy xulq motivatsiyasiga transformatsiyalanishiga ko‘ra, xarid tanlovini amalga oshirishga nisbatan optimistik munosabatni shakllanishi asosida aniqlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi P-M-8-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi P-M-8-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi psixolog kadrlarning uslubiy-texnologik tayyorgarligi takomillashtirilgan;
mahsulotlarni reklama qilishda ishontirish usulini qo‘llanilishi ijtimoiy ustanovkalarning affektiv va konativ komponentini «muammoli vaziyatni yaratish», «reportaj» kabi psixologik ta’sir mexanizmi asosida uyg‘unlashtirishi tufayli, iste’molchilar auditoriyasining gender jihatlariga muvofiq differensial ta’sirga ega ekanligi asoslantirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi P-M-8-sonli buyrug‘i bilan «Shaxs psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi P-M-8-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi psixolog kadrlarning yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini, ular faoliyatida samarali milliy reklama maxsulotlari tayyorlash, reklama maxsulotlarida shaxs xususiyatlari, gender farqlar va etnopsixolorik o‘ziga xoslikni inobatga olish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan;
reklama ma’lumotlarining «axborot effekti»ni adekvat idrok qilish jarayonini shakllanishi ijtimoiy ustanovkaning affektiv, kognitiv, konotiv idrokga bog‘liq ravishda diferensial namoyon bo‘lishiga ko‘ra, iste’molchilarda xarid qilish madaniyati bilan bog‘liq xulqning rivojlanishiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslantirilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi P-M-8-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi «Psixologiya» o‘quv-ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi P-M-8-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi psixolog kadrlarning umumiy psixologiyaga oid bilimlarini rivojlantirishga erishilgan.