Radjabov Azim Sheralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Organik birikmalar molekulalari sirtiy ionlashuvi chegaraviy sohasi qonuniyatlari va ular yuzaga kelishining detektorlar tezkorligiga bog‘likligi» 01.04.04 – Fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4PhD/FM115
Ilmiy rahbar: Usmanov Dilshadbek Tursinbaevich, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.65.01
Rasmiy opponentlar: Qutliev Uchqun Otoboevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Saidumarov Ilxom, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sirt ionlanish manbalarida (detektorlarda) chiziqli diapazon yuqori chegarasi yuzaga kelishining qonuniyatlarini, detektorlar tezkorligi, shuningdek, chiziqli diapazon yuqori chegarasi yuzaga kelishining sirtiy ionlanish manbalari (detektorlar) tezkorligiga bog‘liqligi qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
emitter chiqish ishining ishlashiga bog‘liqligi va molekulalarning kimyoviy reaksiyalarining turli kanallari uchun bu bog‘liqlik turli xil bo‘lishi mumkinligi aniqlandi;
sirtiy ionlashuv detektor tezkorligining emitter haroratiga bog‘liqligi molekulalarning termogeterogen kimyoviy reaksiyalari tezliklarining haroratga bog‘liqligi molekulalar va kimyoviy reaksiya mahsulotlar zarralarining neytral va ion holatlarda desorbsialanish tezliklarining haroratga bog‘liqligi tufayli yuzaga kelishi aniqlandi;
termodesorbsion-sirtiy ionlashuv spektrometriya usuli yordamida sirtiy ionlashuv detektorlarning tezkorligini o‘rganish usuli ishlab chiqilib, detektor tezligi yuqori bo‘lganda, detektor tomonidan qayd etilgan ion oqimining qonuniyati detektorga kiradigan moddalar molekulalari oqimining qonuniyatini takrorlashi, etarli bo‘lmaganda esa, ion oqimining qonuniyati kiruvchi oqim qonuniyatiga nisbatan siljishi aniqlandi;
birinchi bor sirtiy ionlashuv detektorlari tezligining emitter haroratiga, termogeterogen fizik-kimyoviy jarayonlarning kinetik parametrlariga va detektorga kiradigan moddalar molekulalari oqimining o‘zgarish tezligiga bog‘liqligini tavsiflovchi matematik model ishlab chiqildi. Matematik model asosida statsionar va statsionar bo‘lmagan sharoitlarda moddalarning sublimatsiya issiqligini aniqlash ifodasi olindi;
sirtiy ionlashuv detektori tezligining oshishi bilan chiziqli diapazon yuqori chegarasi paydo bo‘lishining konsentratsiya chegarasi analitlarning yuqori konsentratsiyasi sohasiga siljishi aniqlandi;
birinchi bor organik birkmalar termodesorbsion-sirtiy ionlashuv spektrometriyasining kinetik nazariyasining ilmiy asoslari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. SI manbalarida (detektorlarda) chiziqli diapazon yuqori chegarasining paydo bo‘lish qonuniyatlarini, ularning tezkorligi, shuningdek chiziqli diapazon yuqori chegarasi paydo bo‘lishining tezkorlikga bog‘liqligini o‘rganish natijalari asosida:
emitter sirtining adsorbsiyalangan molekulalar (atomlar) bilan qoplanish darajasi oshganda ion toki barqaror holatdan chiqishi, shuningdek emitter sirtining qoplanish darajasi oshishi bilan chiqish ishining kamayishi natijasida atom va molekulalarning ionlanish effektivligining keskin kamayishi 2018-2020 yillarda bajarilgan «Si, Ni va ularning oksidlarining elektron strukturasini, emissiion va optik xususiyatlarini ionlar bilan bombardimon qilish orqali modifikatsiyalash» mavzusidagi № OT-Atex-2018-503 amaliy loyixasi vazifalarini bajarishda foydalanilgan (I.A.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining 2022-yil 17-fevraldagi 01/9-14-436-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish Si, Ni va ularning oksid qatlamlari yuzasini bombardimon qilishda ishlatiladigan ishqoriy metallari ionlarinining sirt ionlashish manbalarining ishlash rejimini aniqlash imkonini bergan;
sirtiy ionlashuv emitterlar chiqish ishining kamayishining kimyoviy reaksiya mahsulotlarining sirt ionlanishining harorat chegarasidan tashqari, ionlanadigan zarrachalar hosil bo‘lishiga olib keladigan molekulalarning termogeterogen kimyoviy reaksiyaga uchrash harorati chegarasiga ta’sir qilishi, shuningdek chiziqli diapazon yuqori chegarasi paydo bo‘lishini molekulalar termogeterogen kimyoviy reaksiyaga uchrashini aktivlashtiruvchi energiyasi, molekulalar va reaksiya maxsulotlarining neytral va ion holatda desorbsialanish aktivlanish energiyalari emitter chiqish ishi o‘zgarishiga chiziqli bog‘langan degan tassavurlar asosida tushuntiraligan matematik modeli kabi natijalar Xitoyning Liaonin provinsiyasi tabiiy fanlar jamg‘armasi №.2021-MS-237 granti tadqiqot ishlarida qo‘llanilganm(Xitoy Xalq Respublikasi Kimyo va kimyo muhandisligi universitetining 2022-yil 2-fevraldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish dizel dvigatelining chiqindisidan uchuvchan kichik molekulalarni identifikatsiya qilish imkonini bergan.