Yakubov Qodirjon Xusanboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tarkibida sellyuloza tutgan, mahalliy xomashyolar asosida tayyorlangan qurilish materiallarini yong‘indan xavfliligini kamaytirish”, 05.10.02 –Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1249.
Ilmiy rahbar: Kurbanbaev Shuxrat Ergashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilotnomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami:O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Nurkulov Fayzulla Nurmo‘minovich, Toshkent kimyo texnologiya ilmiy–tadqiqot instituti texnologiya bo‘limi mudiri t.f.d., k.i.x, Kasimov To‘rabek Kasimovich, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti kafedra dotsenti t.f.n. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida yangi tarkibli, yong‘inga xavfsiz sellyuloza asosli qurilish materiallarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash orqali bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirishga erishishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
mikrokristallik sellyuloza, mahalliy yog‘och materiallari qipiqlari va kremniy (IV) oksidining turli xil xosilalarining yuqori dispersli zarrachalari asosida yong‘inga xavfsiz qurilish materiallarining yangi tarkiblari ishlab chiqilgan;
yuqori dispersli mineral zarrachalarning turli xil yog‘ochlarning termik xossalariga ta’siri qilishini aniqlash orqali yog‘och asosli qurilish materiallarining olovbardoshlik xossalarini yaxshilash mexanizmlari ishlab chiqilgan;
kremniy (IV) oksidi, vollastonit, mikrokristallik sellyuloza kabi  moddalar bilan modifikatsiyalash orqali sellyuloza tarkibli qurilish materiallarining fizik-mexanik xossalari va olovbardoshlilik chegarasi oshirilgan;
mahalliy yog‘och materiallari va yuqori dispersli mineral zarrachalar asosida yong‘inga xavfsiz yog‘och tarkibli qurilish materiallari ishlab chiqarishning texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar asosida olingan tarkiblar orqali sellyuloza tarkibli qurilish materiallarini yong‘indan himoyalash bo‘yicha olingan natijalar asosida:  
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan "SURXO KSP GRAND" MChJ hamda Farg‘ona shahrida joylashgan "TO PRODUSE AND SELL CONSTRUCTION MATERIALS" QK MChJlarning ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etilgan. ("SURXO KSP GRAND" MChJning 2021 yil 22 iyuldagi dalolatnomasi, "TO PRODUSE AND SELL CONSTRUCTION MATERIALS" QK MChJning 2021 yil 6 iyundagi dalolatnomasi).
Shuningdek yangi olingan issiqdan himoyalovchi olovbardosh yog‘och qipiqli plitalardan namunalar olinib ularining yong‘in-texnik va fizik-mexanik ko‘rsatkichlari sinovdan o‘tkazildi. Mazkur qurilish materiallarini tutun xosil qilish koeffisientini 13% gacha, yong‘in tarqalish tezligi va qritik harorat qiymatini 11-13 daqiqagacha, ya’ni 0,3 marotaba yaxshilandi. Shuningdek kremniy  (IV)  oksidining yuqori disspersli modifikatsiyalangan  zarrchalari bilan ishlov berilib olingan qiyin yonuvchi olovbardosh yog‘och qipiqli plitalarning yonuvchanlik guruhi kuchli alangalanish (Yo3) guruhidani mo‘’tadil (Yo2) guruhiga o‘tkazilgani ilmiy asoslangan, kremniy  (IV)  oksidining yuqori disspersli modifikatsiyalangan  zarrchalarini qo‘llanilishida yillik iqtisodiy samaradorligi 1 045 440 000 (bir milliard qirq besh million to‘rt yuz qirq ming) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish