Abduraimova Xadicha Rahmonqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Binoning zamini, poydevori va er usti qismining birgalikda ishlashini hisobga olgan holda qurilish konstruksiyalarining kuchlanish-deformatsiya holatini tadqiq qilish”, 05.09.01-“Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Ilmiy rahbar: Maxmudov Said Maxmudovich, texnika fanlari nomzodi,
professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish instituti”.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Baxadirov Azizbek Abdulazizovich, hamda texnika fanlari nomzodi, professor Sattorov Zafar Muradovich.
Yetakchi tashkilot: “Farg‘ona politexnika instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “bino-demper qatlamli poydevor-zamin” tizimining o‘zaro birgalikda ishlashida, dempfer qatlamni ratsional joylashtirishning asosiy usullarini takomillashtirish hisobiga, binolarning mustahkamligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“bino-dempfer qatlamli poydevor-zamin” tizimining o‘zaro birgalikda ishlashini hisobga oluvchi modeli bir jinsli bo‘lmagan zaminda joylashgan balka shaklidagi model ishlab chiqilgan;
massa kuchlarini hisobga olgan holda bir jinsli bo‘lmagan zaminda joylashgan modellashtirilgan balka “bino-dempfer qatlamli poydevor-zamin” tizimining o‘zaro birgalikda ishlashini hisobga oluvchi bino konstruksiyalarining kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatini aniqlaydigan formulalar ishlab chiqilgan;
“bino-dempfer qatlamli poydevor-zamin” tizimining ishlashida modellashtirilgan balka siqilishga ishlaydigan materialdan tayyorlangan dempfer qatlam ta’sirida balkadagi zo‘riqishni qayta taqsimlash imkoni berish qonuniyatilari nazariy jihatdan isbotlangan;
poydevorning bikrligiga, zamin gruntlarining deformatsiya xususiyatlariga, yukning qo‘yilish miqdori va xususiyatiga qarab dempfer qatlamning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan;
dempfer qatlam parametrlarini, zaminning reaksiyalarini va “bino-dempfer qatlamli poydevor-zamin” tizimining ichki zo‘riqishlarini aniqlash holatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Binoning zamini, poydevori va er usti qismining birgalikda ishlashini hisobga olgan holda qurilish konstruksiyalarining kuchlanish-deformatsiya holatini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Bino poydevori konstruksiyasi sifatida dempfer qatlamli balkasimon (lentochniy) poydevor konstruksiyasi qo‘llanilishi “Qishloqqurilishloyiha” MChJ (14.10.2021) va “Zamin-poydevor” MChJ (26.04.2021 №XX-59/1)larda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 30 noyabrdagi №09-06/13587-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, smetani hisoblash va taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, dempfer qatlamli poydevor balkaga dempfer qatlamni joylashtirish 1 p.m. ga sarflangan narxning 25 % miqdorida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.