Abduraximova Aziza Urazalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qattiq jism-qattiq jism aralashmalarini uch fazali mavhum qaynash qatlamda ajratish uchun samarali qurilma yaratish», 02.00.16–Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T256.
Ilmiy rahbar: Nurmuxamedov Xabibulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Barakaev Nusrat Radjabovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Raxmonov Toir Zoirovich,texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekkimyomashzavodi» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uch fazali mavhum qaynash qatlamda «qattiq jism-qattiq jism» har xil jinsli aralashmani ajratish usuli va qurilmasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasida «meva-po‘st» aralashmasini ajratish va mevani yuvish uchun «erlift» effektga ega uch fazali mavhum qatlami aniqlangan;
uch fazali mavhum qaynash qatlamda mavhum qaynash boshlanish wps va uchib chiqish wun tezliklarini hisoblash uchun umumlashtiruvchi yuqori aniqlikka ega formulalar yaratilgan;
bosimni bir zumda pasaytirish usulida tozalangan meva va cheksiz yupqa ko‘rinishdagi po‘stning fizik-mexanik xossalari aniqlanib, bir vaqtda uch fazali mavhum qaynash qatlamda ajratish, yuvish va cho‘ktirish jarayonining fizik modeli ishlab chiqilgan;
oqim o‘tishining ossillirlangan rejimni hosil qiluvchi seksiyalangan taqsimlovchi panjaraning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
«meva-po‘st» aralashmasini uch fazali mavhum qaynash qatlamda ajratish jarayoni uchun usul va qurilma yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Qattiq jism-qattiq jism» turli jinsli aralashmani uch fazali mavhum qaynash qatlamda ajratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Aseptik usulda konservalangan sabzavot pyurelari»ga texnik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 20155874-01:2016 112/005974-son bilan Davlat ro‘yxatiga kiritilgan). Natijada ildiz mevalardan sanoat miqyosida kimyoviy tarkibini maksimal darajada saqlab qolgan holda pyure olish imkonini bergan;
«qattiq jism-qattiq jism» aralashmani uch fazali mavhum qaynash qatlamda ajratish uchun mo‘ljallangan apparat «O‘zbekkimyomashzavodi» AJda joriy qilingan («O‘zbekkimyomashzavodi» AJning 2018 yil 9 yanvardagi 08/12-023-son ma’lumotnomasi). Natijada ajratish, yuvish va cho‘ktirish jarayonlarini bitta apparatda olib borish imkonini bergan;
yaratilgan gidroklassifikator asosida aseptik usulida konservalangan sabzavot pyurelarini olish texnologiyasi «Xiva-Oazis» MChJda joriy qilingan («O‘zbekkimyomash zavodi» AJning 2018 yil 9 yanvardagi 08/12-023-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik jarayon iqtisodiy samaradorligini 25%ga oshirish imkonini bergan.