Tolibaev Xojaaxmed Elbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq dostonlaridagi toponimlarning lingvomadaniy tahlili», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1505.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01
Rasmiy opponentlarning  F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qurbanov Muxtarbay Dauletbaevich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq dostonlaridagi toponimlarni, joy nomlari semantikasidagi madaniy komponentlarni, uslubiy qo‘llanilishi va dostonlardagi joy nomlarini idrok etish xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq xalq dostonlari toponimlari tarkibidagi etnonim, fitonim, zoonimlar semantikasidagi milliy-madaniy xususiyatlari aniqlangan;
qoraqalpoq dostonlaridagi toponimlarga geografik nom berishda memorativ va deskriptiv turlarga ajratilgan holda xalqning geografik ob’ektga nom berish yoki oldindan mavjud bo‘lgan ob’ektni qabul qilishdagi milliy mental tushunchalari dalillangan;
dostonlar tilidagi toponimlarning komparativ uslubiy vazifasi dalillanib, badiiy so‘zning ta’sir etish funksiyasi ochib berilgan;
toponimik mif va afsonalarda xalqimizning atrofimizdagi olam, er-suv ob’ektlariga nom berishidagi dastlabki farazlarini bildirib kelishi, ularni idrok etishda tarixiy vaziyatlarni aks ettiradigan kognitiv konglomerat ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq dostonlaridagi toponimlarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qoraqalpoq xalq dostonlari toponimlari tarkibidagi etnonim, fitonim, zoonimlar semantikasidagi milliy-madaniy xususiyatlariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda FA-A1-G003 – «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 23 noyabrdagi 362/1-son ma’lumotnomasi). Natijada toponimlarning geografik terminlar, konversiya usullari orqali yasalishi, toponimlar tarkibida inson tana a’zolari nomlari, rang bildiruvchi so‘zlar, son va son ma’nosidagi so‘zlar qo‘llanilganligi funksional so‘z yasalishini ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan;
qoraqalpoq dostonlaridagi toponimlarga geografik nom berishda memorativ va deskriptiv turlarga ajratilgan holda xalqning geografik ob’ektga nom berish yoki oldindan mavjud bo‘lgan bo‘lgan ob’ektni qabul qilishdagi milliy mental tushunchalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Qoraqalpog‘iston telekanalining «Munosabat» teleko‘rsatuvida hamda Qoraqalpog‘iston radiosining «Tilga e’tibor – elga e’tibor» radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022 yil 7 yanvardagi 01-04-09/10-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlar orqali tinglovchilarga xalqning er-suv ob’ektlariga nom berishidagi o‘ziga xos belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilib, ilmiy bilimlarini oshirishda amaliy ahamiyat kasb etgan;
dostonlar tilidagi toponimlarning komparativ uslubiy vazifasi, badiiy so‘zning ta’sir etish funksiyasi bilan bog‘liq materiallardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida qoraqalpoq mumtoz shoirlari asarlarida qo‘llanilgan toponimlar ma’nosini ochib berishda muhim manba sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 4-04/1741-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey ekspozisiyalarini boyitishga, shuningdek, toponimlarni til va madaniyat, xalq tarixi bilan bog‘liq holda, ijrochilarning toponimlardan badiiy so‘zning estetikasi talabiga mos foydalanishidagi  mahoratini o‘rganish orqali olingan ma’lumotlardan yoshlarni madaniy qadriyatlar, san’atga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
toponimik mif va afsonalarda xalqimizning atrofimizdagi olam, er-suv ob’ektlariga nom berishidagi dastlabki farazlarini bildirib kelishi, ularni idrok etishda tarixiy vaziyatlarni aks ettiradigan kognitiv konglomerat ekanligiga oid ilmiy va amaliy xulosalardan «Lingvokul`turologiya» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-sonli buyrug‘i, 359-081-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada fol`klor asarlaridagi onomastik birliklarning lingvomadaniy o‘rganilishi, ahamiyati, presedentlik hodisasiga oid fikr va mulohazalar asosida o‘quv qo‘llanma mavzulari nazariy jihatdan takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish