Xojanazarova Raygul Muratbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kvant fizikasini rivojlantirishda optikaning tutgan o‘rni va uni uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped1578.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Djoraev Maxmatrasuljon, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, dsc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Xusniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kvant fizikasini rivojlantirishda optikaning tutgan o‘rni va uni uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitish metodikasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizika fanini o‘qitishda optika va yorug‘likning kvant tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirishning didaktik komponentlari tizimlilik va izchillik tamoyili asosida ongli o‘quv faoliyatni faollashtirish elementlarinining ustuvorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
optika va kvant fizikasiga oid statistik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi spiralsimon rivojlanish tamoyili asosida noaniqliklar munosabati (Reley-Djins va Plank formulalari, Lui de Broyl` to‘lqin uzunligi, Vinning siljish qonuni, Kompton effekti, Maykel`son interferometri, korpuskulyar-to‘lqin dualizmi, yorug‘lik kvantlari) bo‘yicha o‘quv elementlarining aloqadorligiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida yorug‘likning kvant tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minoti ta’lim berishning yaxlitlik, davomiylik, pedagogik bashorat qilish, uzluksiz ta’lim tizimining dinamikligi tamoyillariga ko‘ra ilmiy bilish va amaliy faoliyat integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
optika va yorug‘likning kvant tasavvurlari bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan ta’lim jarayoni differensial, integral, mavhum algebra va simulyasiya modellashtirish topologiya usullari asosida Python dasturlash tili va Mathematica algebra kompyuter sistemasida modellashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizika fanining “Optika” bo‘limi va yorug‘likning kvant tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy-metodik natijalar asosida:
fizika fanini o‘qitishda optika va yorug‘likning kvant tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirishning didaktik komponentlarini tizimlilik va izchillik tamoyili asosida o‘quv materiallarini tug‘ri taqsimlash va ongli o‘quv faoliyatini faollashtirish elementlarinining ustuvorligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir takliflar «Optika hám atomlıq fizika boyınsha laboratoriya jumıslar» o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i, 434-248-raqamli guvohnoma). Natijada optika va kvant fizika bo‘limlarini o‘qitishning metodik jarayonlarini takomillashtirishning interfaol usullarini ishlab chiqishga erishilgan;
optika va kvant fizikasiga oid statistik tasavvurlarni shakllantirish metodikasini spiralsimon rivojlanish tamoyili asosida noaniqliklar munosabati (Reley-Djins va Plank formulalari, Lui de Broyl` to‘lqin uzunligi, Vinning siljish qonuni, Kompton effekti, Maykel`son interferometri, korpuskulyar-to‘lqin dualizmi, yorug‘lik kvantlari) bo‘yicha o‘quv elementlarining aloqadorligiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Qoraqalpoq davlat universitetining OT-F-2-77 “Modellashtirish asosida ichki nuqsonlarni hisobga olgan holda yarim o‘tkazgichli asboblarning ishonchligini bashorat qilishning takomillashtirish usuli” nomli loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 13 apreldagi 02-07-1024/04-son dalolatnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida yorug‘likning kvant tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirishda izchillikni ta’minlash samaradorligi oshgan;
oliy ta’lim tizimida yorug‘likning kvant tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minoti va ta’lim jarayoni ta’lim berishning yaxlitlik, davomiylik, pedagogik bashorat qilish, uzluksiz ta’lim tizimining dinamikligi tamoyillari asosida ilmiy bilish va amaliy faoliyat integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir takliflardan O‘zRFA Yadro fizikasi instituti qoshidagi AM-PZ-2019062031 raqamli ““Yadro energetikasi”, “Yadro medisinasi va texnologiyasi”, “Radiatsion medisina va texnologiya” fanlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun mul`timediali darsliklarni yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 13 apreldagi 02-07-1024/04-son dalolatnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar talabalar bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilgan.