Nurabullaev Baxamdulla Xojambetovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Mustaqillik yillarida qoraqalpoq adabiyotida memuar janrining rivojlanishi, 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil371.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Jarimbetov Qurbanbay Qudaynazarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyati ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSs.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponenetlar: Bekbergenova Ziyada Utepovna, filologiya fanlari doktori (DSc); Begmuratova Gulbahar Asamatdinovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davri qoraqalpoq adabiyotida memuar janrining rivojlanishi darajasini aniqlash, janrning milliy adabiyotdagi badiiy-estetik tafakkurni takomillashtirishga munosabatini aniqlashtirish va memuarlarning syujet, kompozision, uslubiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mustaqillik davri qoraqalpoq adabiyotida jamoat, fan, madaniyat arboblari va adiblar tomonidan yaratilgan memuar asarlarning faktlar bilan his-hayojon, badiiy haqiqat va tarixiy voqealikning sintezlashgan holda berilishi, janr tarkibida hikoya, portret, esse, sayohatnoma, kundalik va xat janrlari shakllarining mavjudligi hamda avtografiyaning aralash holda qo‘llanilishi bilan bog‘liq poetik xususiyatlari ochib berilgan;
qoraqalpoq adabiyotida yaratilgan memuarlarning qatag‘on davridagi millat ziyolilarining qismati, sho‘ro zamonining haqiqiy qiyofasi, davrlar almashinuvidagi ziddiyatli voqealar, mustaqillik uchun kurashlar singari g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlari belgilanib, ularda davr va qahramon, qahramonlar o‘rtasidagi hamda ichki konfliktlarning qahramonlar xarakteri va ularning shaxsiy hayotiy pozisiyalarini ochib berishdagi hayotiy sifati aniqlashtirilgan;
mustaqillik davri qoraqalpoq adabiyotida yaratilgan memuarlarning janriy jihatdan rivojlanishida arxiv materiallari, rasmiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, gazeta, byulleten` to‘plamlaridan hamda badiiy-estetik vositalarning davrning haqiqiy manzarasini tasvirlash va faktlarning ishonchliligini ta’minlash uchun uslubiy maqsadlarda qo‘llanilganligi aniqlangan;
memuarlarning obrazlar tizimida muallif va personaj obrazlarining ahamiyati aniqlanib, boshqa badiiy asarlardagi obrazlardan farqli jihatlari adib hayolida yaralgan obrazlar emas, balki real voqealikdagi yashagan shaxslarning, memuar muallifining o‘zi ham qahramon sifatida dunyoqarashini, nuqtai-nazarini aks ettirish kabi o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik davri qoraqalpoq memuarlarining rivojlanish xususiyatlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mustaqillik davri qoraqalpoq adabiyotida jamoat, fan, madaniyat arboblari va adiblar tomonidan yaratilgan memuar asarlarning faktlar bilan his-hayojonning, badiiy haqiqat va tarixiy voqealikning sintezlashgan holda berilishi, janr tarkibida hikoya, portret, esse, sayoxatnoma, kundalik va xat janrlari shakllarining mavjudligi hamda avtografiyaning aralash holda qo‘llanilishi bilan bog‘liq poetik xususiyatlari ochib berilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan I1-FA-0-14244 – «Qoraqalpoq xalq prozasining ilgari nashr etilmagan namunalarini nashrga tayyorlash va nashr qilish» (2014-2015 y.y.) mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 18 apreldagi 138/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqillik davri qoraqalpoq nasri bo‘yicha ilmiy qarashlar yanada chuqurlashtirilgan;
qoraqalpoq adabiyotida yaratilgan memuarlarning qatag‘on davridagi millat ziyolilarining qismati, sho‘ro zamonining haqiqiy qiyofasi, davrlar almashinuvidagi ziddiyatli voqealar, mustaqillik uchun kurashlar singari g‘oyaviy-tematik yo‘nalishlari belgilanib, ularda davr va qahramon, qahramonlar o‘rtasidagi hamda ichki konfliktlarning qahormanlar xarakteri va ularning shaxsiy hayotiy pozisiyalarini ochib berishdagi hayotiy sifati aniqlashtirilganligiga oid ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasining «Gavhar so‘zlar», «Tariximizni o‘rganamiz», «Meros» nomli teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Teleradiokompaniyasining 2022 yil 11 martdagi 05-22/145-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar memuar haqida ilmiy manbalar bilan boyitilib, memuar asarlar qoraqalpoq adabiyotining alohida janri sifatida keng jamoatchilikka taqdim etilgan;
mustaqillik davri qoraqalpoq adabiyotida yaratilgan memuarlarning janriy jihatdan rivojlanishida arxiv materiallari, rasmiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, gazeta, byulleten` to‘plamlaridan hamda badiiy-estetik vositalarning davrning haqiqiy manzarasini tasvirlash va faktlarning ishonchliligini ta’minlash uchun uslubiy maqsadlarda qo‘llanilishi aniqlanganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan F3-2016-0908165532 «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2021 yil 25 oktyabrdagi 204/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, memuarlarning yoshlarni tarbiyalashdagi o‘rni belgilab berilgan;
memuarlarning obrazlar tizimida muallif va personaj obrazlarining ahamiyati aniqlanib, boshqa badiiy asarlardagi obrazlardan farqli jihatlari – adib xayolida yaralgan obrazlar emas, balki real voqealikdagi yashagan shaxslarning, memuar muallifining o‘zi ham qahramon sifatida dunyoqarashini, nuqtai-nazarini aks ettirish kabi o‘ziga xos xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan davlat muzeylari va teatrlarda tashkil etilgan san’at namoyondalari, yozuvchi-dramaturglarning hayoti va ijodiga bo‘yicha madaniy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 16 fevraldagi 4-04/183-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot takliflari mustaqillik davri qoraqalpoq nasrida memuar janrdagi asarlarning milliy madaniyat va san’atining rivojlanish bosqichlarini o‘rganishdagi ahamiyati belgilab berilgan.