Allayarov Muratbay Joldasbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qoraqalpog‘iston maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalashning pedagogik tizimi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped879.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tilegenov Asqarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash tizimini takomillashtirish va ta’lim jarayonida o‘quvchilarga ekologik tarbiya berishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ekologik tarbiya berishning motivatsion, hissiy-emotsional, kommunikativ va produktiv darajasi “ekologik bilim + ekologik munosabat + ekologik xulq-atvor” birligini ta’minlashga ustuvorlik berish hamda tabiat hodisalarining faollik va dunyoqarash bilan integrallashuvini belgilash orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiatni asrash kompetensiyasini shakllantirishning metodik shartlariga ko‘ra ekomarkazlashgan ongni rivojlantirish bosqichlari ekologiyani o‘rganishda o‘zlashtirishga tayyorgarlik komponentlari integrativligini ta’minlash orqali kooperativ jihatdan asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiat bilan muloqot qilish, tabiat qonunlari va hodisalariga oid kreativ fikrlashini rivojlantirishning motivatsion, strukturaviy, adaptiv bosqichlari ekologik mehnat faoliyati bilan ekologik faoliyat birligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘qish darslarida umuminsoniy qadriyat va tabiatni tushunishga intiladigan faoliyatga ixtisoslashgan munosabat va motivatsiyani oshirish darajalari o‘quvchilarning kreativ-tanqidiy fikrlash va qisman-izlanishli faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali ekologik qadriyatlar tizimini boyitish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash tizimini takomillashtirish texnologiyalariga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ekologik tarbiya berishning motivatsion, hissiy-emotsional, kommunikativ va produktiv darajasini “ekologik bilim + ekologik munosabat + ekologik xulq-atvor” birligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida tabiat hodisalarining faollik va dunyoqarash bilan integrallashuvini belgilash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2013–2014 yillarda amalga oshirilgan I1-XT-0-17222 «Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi-yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish» mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2020 yil 11 oktyabrdagi 184/1-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ekologik bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllanishi va rivojlanishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiatni asrash kompetensiyasini shakllantirishning metodik shartlariga ko‘ra ekomarkazlashgan ongni rivojlantirish bosqichlarini ekologiyani o‘rganishda o‘zlashtirishga tayyorgarlik komponentlari integrativligini ta’minlash orqali kooperativ jihatdan asoslashga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2012–2014 yillarda amalga oshirilgan A1-XT-0-92997 «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2020 yil 25 noyabrdagi 193/1-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ekologiyaga oid ijobiy munosabatlari oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tabiat bilan muloqot qilish, tabiat qonunlari va hodisalariga oid kreativ fikrlashini rivojlantirishning motivatsion, strukturaviy, adaptiv bosqichlarini ekologik mehnat faoliyati bilan ekologik faoliyat birligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 434-sonli qarorini ishlab chiqishda taklif sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Qo‘mitasining 2021 yil 26 martdagi 02/18-670-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatga oid motivatsiyasining shakllanishi va kreativ fikrlashining rivojlanishiga erishilgan.