Kazimbetova Ziyuar Maxsetbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi: «J.Izbasqanov asarlarining lingvopoetik tahlili», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam B2021.1.PhD/Fill 586.
Ilmiy rahbar: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirniyazova Alima Kudiyarovna, filologiya fanlari doktori (DSc); Dilanov Bekmurza Gulimbetovich, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi J.Izbasqanov asarlarining lingvopoetik o‘ziga xosligini, uning asarlarining fonetik-stilistik va sintaktik poetikasini, matnlardagi leksik til birliklarining poetik semantikasini, ularning nutqiy voqealanishdagi badiiy-estetik vazifalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
J.Izbasqanov asarlaridagi fonetik til birliklari hisoblangan assonans, alliteratsiya va paronimlarning matn jumlalarining ohangdorligini ta’minlashi, ankopa, apakopa, sinkopa, gaplologiya, afarezislarning lingvopoetik funksiyalarni bajarishi dalillangan;
shoir asarlaridagi fonemalarning joylashish tartibining ko‘p variantliligi negizida qo‘shimcha uslubiy ma’nolarning shakllanishi va bu orqali logogrif, amfiboliya, kalambur singari troplarning yuzaga kelishi aniqlangan;
shoir asarlaridagi leksik takrorlar anafora, epifora, simplokalarning ko‘plik, kuchaytirish va davomiylik ma’nolarini ifodalashi, epanalepsis va epanstrofalar yordamida matn badiiylik darajasining kuchayishi dalillangan;
shoir asarlaridagi emotsional va miqdoriy gradatsiyalarning badiiy obraz hosil qilishdagi vazifasi, badiiy tasvir vositalarining, matniy sinonim va antonimlarning lingvopoetik xizmati, okkazional` so‘zlarning qo‘llanilishidagi o‘ziga xosliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. J.Izbasqanov asarlarining lingvopoetik tahlilini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
fonetik til birliklari – assonans, alliteratsiya va paronimlarning matn jumlalarining ohangdorligini ta’minlashi, tovushning fonetik-semantik aloqalarini aks ettirishi, uning joylashish o‘rni va bir-biriga ta’siri natijasida o‘zgarishi badiiy matn mazmuniga ham ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, ularning ankopa, apakopa, sinkopa, gaplologiya, afarezis, eliziya, austeza kabi hodisalarni paydo qilishi, mazkur tovush o‘zgarishlari matnning badiiy-estetik darajasini oshirishiga bog‘liq xulosalardan “Qaraqalpaq tili” darsligi mazmunini to‘ldirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika ta’lim markazining 2022 yil 18 apreldagi 65-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida qoraqalpoq tili fanini o‘qitish jarayonida darsliklar mazmunini boyitish imkoniyati oshirilgan;
leksik takrorlar – anafora, epifora, simplokalarning ko‘plik, kuchaytirish va davomiylik singari qo‘shimcha ma’nolarni ifodalashi, logogrif, amfiboliya, kalambur kabi troplarning yuzaga kelish sabablari, parallelizm, epanalepsis va epanstrofalarning matn badiiylik darajasini orttirishi, gapda undalmalarning o‘rin tartibining o‘zgarishi matn mazmunidagi emotsionallikning ortishiga sabab bo‘lishi, ularning uslubiy betaraf, ijobiy, salbiy, obrazli, mubolag‘ali, metaforik, frazeologik, kinoya ma’nolarini bildira olishi, ritorik so‘roq gaplarning norozilik, hayron qolish, orzu qilish, bashorat qilish, taxmin, ikkilanish, iztirob singari emotsional-ekspressiv ma’nolarda qo‘llana olishiga bog‘liq xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida tuman va shahar madaniyat bo‘limlarida qoraqalpoq shoirlarining adabiy meroslarida uchraydigan badiiy ko‘chma ma’noli so‘zlarning ma’nolarini hosil qilishda muhim ilmiy manba sifatida, yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida ko‘rgazmalar va ilmiy anjumanlar o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 31 martdagi 3-03/414-son ma’lumotnomasi). Natijada, J.Izbasqanov asarlaridagi badiiy obrazlarning barkamol inson tarbiyasidagi roli va ahamiyati keng jamoatchilikka etkazilib, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga katta yordam bergan;
uslubiy jihatdan o‘ziga xos badiiy tasvir vositalari, badiiy obraz yaratishda xizmat qiluvchi emotsional va miqdoriy gradatsiyalar, leksik va nutqiy sinonim va antonimlarning lingvopoetik xizmati, okkazional` so‘zlarning ifoda ta’sirchanligini orttirish maqsadida qo‘llanilishi bilan bog‘liq xulosalardan Qoraqalpog‘iston televideniesining «Munosabat» ko‘rsatuvi va Qoraqalpog‘iston radiokanalining «Tilga e’tibor – elga e’tibor» eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022 yil 31 martdagi 05-22/181-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.