Ismaylov Azerbay Saparniyazovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpoq xalq an’analari vositasida yoshlarni ma’naviy tarbiyalashning pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped548.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tilegenov Asqarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq xalq an’analari vositasida yoshlarni ma’naviy tarbiyalashning pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq xalq an’analarining o‘quvchi-yoshlarda milliy xulq-odob me’yorlari, muloqot, shaxslararo munosabat madaniyati, milliy-ma’naviy fazilatlar, milliy tafakkurni shakllantirish bilan bog‘liq ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati etnopedagogik atraktor (jalb etish) ko‘rinishida namoyon bo‘lishini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
 oila ma’naviyatini shakllantirishda qoraqalpoq xalq an’analaridan foydalanishning ijtimoiy turmush tarzi, ruhiyat, donishmandlik, tolerantlik, gender tenglik bilan bog‘liq nikoh-oila munosabatlariga xalq an’analarining o‘rni va ahamiyati milliy identiklikning mental xususiyatlariga tayyorlash, madaniy, siyosiy, ijtimoiy munosabatdagi oila qurishga ehtiyojni tarkib toptirish, oilaparvar ota-onalikka situativ muqobil texnologiyalarni refleksiv uyg‘unlashtirish orqali  tayyorlash kabi familistik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
qoraqalpoq xalq an’analari asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy tarbiyalashning shaxs ma’naviyatini majmuaviy tashxis etish, ideal shaxsga xos ma’naviy sifatlarni modellashtirish, xalq an’analaridagi taraqqiyparvar g‘oyalarni o‘zlashtirish, ma’naviy ideallarni shakllantirishga doir trening mashg‘ulotlarini loyihalash, parametr va indikatorlarni istiqboldagi didaktik maqsadlarga mazmunli uyg‘unlashtirish va ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
qoraqalpoq xalq an’analari asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy tarbiyalash texnologiyasining amaliy komponenti ma’naviy tushunchalar ustida ishlashga doir (tushunchalar tahlili, so‘zdan gaplar va assosatsiyalar tuzish) interfaol usullar, ma’naviyat bilan aloqador noan’naviy mashg‘ulot (sayohat, taqdimot, tadqiqot, ma’ruza-munozara, seminar-refleksiya) shakllari, o‘yinli modellashtirish (“Sehrli savollar”, matnga asoslangan o‘yin, intellektual) texnikalarini shaxsiy faoliyat tajribasi bilan refleksivlik darajasini kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq an’analari vositasida yoshlarni ma’naviy tarbiyalashning pedagogik asoslariga doir tadqiqot natijalar asosida:
qoraqalpoq xalq an’analarining o‘quvchi-yoshlarda milliy xulq-odob me’yorlari, muloqot, shaxslararo munosabat madaniyati, milliy-ma’naviy fazilatlar, milliy tafakkurni shakllantirish bilan bog‘liq ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatini etnopedagogik atraktor ko‘rinishida namoyon bo‘lishini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 89-03-79-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarda ma’naviy-axloqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilgan;
oila ma’naviyatini shakllantirishda qoraqalpoq xalq an’analaridan foydalanishning ijtimoiy turmush tarzi, ruhiyat, donishmandlik, tolerantlik, gender tenglik bilan bog‘liq nikoh-oila munosabatlariga xalq an’analarining o‘rni va ahamiyati milliy identiklikning mental xususiyatlariga tayyorlash,  madaniy, siyosiy, ijtimoiy munosabatdagi oila qurishga ehtiyojni  tarkib toptirish, oilaparvar ota-onalikka situativ muqobil texnologiyalarni refleksiv uyg‘unlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti  Qoraqalpog‘iston filialining I1-XT-0-17222 “Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi-yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4236-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarda ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda xalq pedagogikasidan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
qoraqalpoq xalq an’analari asosida o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy tarbiyalashning ideal shaxsga xos ma’naviy sifatlarni modellashtirish, reproduktiv mashg‘ulotlarni ishlab chiqish, ma’naviy ideallarni shakllantirishga doir trening mashg‘ulotlarini loyihalash, o‘quvchi-yoshlarni ma’naviy tarbiyalash texnologiyasiga doir interfaol usullar va refleksivlik darajasini kengaytirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4236-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq xalq an’analari vositasida yoshlarning ma’naviyatini rivojlantirish jarayoniga texnologik yondashuvni tatbiq etish samaradorligini oshirishga  xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish