Zayrova Kanshaiim Muratbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq tilida kiyim-kechak nomlarining etnolingvistik tahlili», 10.00.03 – «Qoraqalpoq tili» (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1503.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytnazarova Injayim Erjanovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim; Norbaeva Shukurjon Xayitbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq tilida kiyim-kechak nomlarining kelib chiqish tarixi, nomlanish sabablari va qo‘llanish davrlarini aniqlash, ularning yasalish usullari va ularning etnomadaniy mazmunini, tilda qo‘llanish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tilida kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi leksik birliklar belgilanib, nomlarning tarixiy derivatsiyasi, etimologiyasi, nominativ sabablari aniqlangan;
kiyim-kechak nomlarining o‘zaro genetik jihatdan yaqin bo‘lmagan xalqlar tillariga o‘zlashishi va singishi dalillanib, o‘rganilayotgan leksemalarning semantik qismlari ochib berilgan;
qoraqalpoq xalqining turmush tarzida diniy e’tiqod tushunchalari ayrim kiyim-kechak nomlari bilan bog‘liqligi isbotlanib, milliy madaniyatni, mentalitetni aks ettiruvchi etnolingvistik xususiyatlari aniqlangan;
kiyim-kechak nomlarining qoraqalpoq adabiy tili leksikasidagi ahamiyati hamda ularning miflarda, paremiologik sathlarda va badiiy asarlarda simvolik ma’nolarda qo‘llanish xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tilidagi kiyim-kechak nomlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qoraqalpoq tilida kiyim-kechak nomlarini ifodalovchi leksik birliklar belgilanib, nomlarning tarixiy derivatsiyasi, etimologiyasi, kiyim-kechaklarning nominativ sabablarin o‘rganish orqali olingan nazariy-amaliy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 - sonli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi loyihani amalga oshirishda, asosan, qoraqalpoq tilida kiyim-kechak nomlarining paydo bo‘lish manbalarini, ob’ekt sifatida tanlangan so‘zlarning qoraqalpoq adabiy tilida umumiy shakllanish yo‘llarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 21 yanvardagi 30/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilidagi kiyim-kechak nomlarining yasalish usullari, ularning o‘zaro genetik jihatdan yaqin bo‘lmagan xalqlar tillarga o‘zlashishi va singishi, o‘rganilayotgan leksemalarning semantik qismlar to‘plami ochib berilganligi isbotlangan;
kiyim-kechak nomlarining qoraqalpoq adabiy tili leksikasida tutgan o‘rni, miflarda, paremiologik sathlarda va badiiy asarlarda simvolik ma’nolarda qo‘llanish xususiyatlari bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeylarida asosiy ilmiy manba sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasining 2022 yil 2 fevraldagi 01-05/05-31-son ma’lumotnomasi). Natijada Berdaq muzeyida XVIII-XIX asrdagi qoraqalpoq shoirlarining adabiy meroslarida uchraydigan kiyim nomlarining ma’nolarini yoritishda, asosiy leksik-semantik tiplari, ularning ramziy ma’noda qo‘llanishi, tarix va madaniyat davlat muzeyida bo‘ladigan qoraqalpoq milliy kiyimlari ko‘rgazmalarida yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda milliyligimiz katta ahamiyatga ega ekanligi haqidagi takliflar amaliyotga tatbiq etilgan;
qoraqalpoq xalqining turmush tarzida diniy e’tiqod tushunchalari ba’zi kiyim-kechak nomlari bilan bog‘liqligi, milliy madaniyatni, mentalitetni aks ettiruvchi etnolingvistik xususiyatlarini tahlil qilish natijalari haqidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston telekanalining «Assalao‘ma әleykum, Qaraqalpaqstan», «Gәo‘har sөzler» ko‘rsatuvlarini tayyorlashda va Qoraqalpog‘iston radiokanali «Qayirli taң», «Tariyximizdi үyrenemiz» eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022 yil 31 yanvardagi 05-22/45-son ma’lumotnomasi). Natijada kiyim-kechakning o‘ziga xoslikni ifodalovchi belgilari ta’lim, tarbiya bilan bog‘liqligi keng jamoatchilikka targ‘ib qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish