Aynazarova Asiya Jumamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped362.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xalilov Faxriddin Nuritdinovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sharq mutafakkirlari ma’naviy merosi asosida o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishga ta’sir etuvchi tabiiy-ijtimoiy omillar va metodik tamoyillarning tarkibiy komponentlari (xalqchillik, individuallik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, ko‘rgazmalilik) ularning mazmuni bilan tarixiy tajribalar integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari tarbiyalanganlik darajasining tahlili jarayonlari milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va millatga sadoqat kabi fazilatlarni shakllantirishga doir tadbirlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, kasaba uyushmalari, yoshlar ittifoqi, ta’lim muassasalari hamkorlik faoliyati monitoringi ko‘rsatkichlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
axloqiy tarbiya va ma’naviy muhitga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlar kafolatlangan natijaga erishishga doir tarbiya texnologiyalari, kompyuter va mobil texnologiyalarining axborot tahdidlaridan bolalarga uzluksiz ma’naviy tarbiya berishni himoyalashga yo‘naltirilgan imkoniyatlarni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning axborot-metodik ta’minoti SMART texnologiyalariga ustuvorlik berish, mediatexnologiyalardan foydalanish muammolarini bilish, anglash, munosabat, ta’sir kabi turlarga ajratish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Sharq mutafakkirlari ma’naviy merosi asosida o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishga ta’sir etuvchi tabiiy-ijtimoiy omillari va metodik tamoyillarning tarkibiy komponentlarini (xalqchillik, individuallik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, ko‘rgazmalilik) ularning mazmunini aniqlashtirish hamda tarixiy tajribalar integratsiyasi orqali takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining QA1-XT-0-92977 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar o‘yg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 maydagi 02-07-1342/04-son ma’lumotnomasi). Natijada Sharq mutafakkirlari ma’naviy merosi asosida o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari tarbiyalanganlik darajasining tahlili jarayonlarini milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va millatga sadoqat kabi fazilatlarni shakllantirishga doir tadbirlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, kasaba uyushmalari, yoshlar ittifoqi, ta’lim muassasalari hamkorlik faoliyati monitoringi ko‘rsatkichlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining I1-XT-0-17222 raqamli “Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi-yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent dvlat pedagogika universitetining 2022 yil 17 maydagi 02-07-1342/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini xalq pedagogikasi va zamonaviy tarbiya texnologiyalari asosida rivojlantirish samaradorligi ortgan;
axloqiy tarbiya va ma’naviy muhitga qaratilgan tarbiyaviy tadbirlarni kafolatlangan natijaga erishishga doir tarbiya texnologiyalari, kompyuter va mobil texnologiyalarining axborot tahdidlaridan bolalarga uzluksiz ma’naviy tarbiya berishni himoyalashga yo‘naltirilgan imkoniyatlari hamda o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishning axborot-metodik ta’minoti SMART texnologiyalariga ustuvorlik berish orqali mediatexnologiyalardan foydalanish muammolarini guruhlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022 yilga mo‘ljallangan 01-113 sonli “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining 2022 yil 23 iyundagi 01-13/179 son ma’lumotnomasi) hamda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining Yil rejasi dasturining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston kengashining 2021 yil 20 avgustdagi UJ-01/871-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini metodik jihatdan ta’minlashga erishilgan hamda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish va ularning tasavvur doirasining kengayishiga xizmat qilgan.