Tajekeev Ziynatdin Kobeysinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kredit operatsiyalarining hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3PhD/Iqt734.
Ilmiy rahbar: Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Maqsudov Begmatjon Yuldashalivich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ziev Islom Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqotlar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kreditlar (qarzlar) hisobi va auditining tashkiliy-uslubiy ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit operatsiyalarida kvalifikatsiyalanadigan aktivlar hisobini hisob siyosatining «Buxgalteriya hisobi uslubi» va «Hisob siyosatining texnik ta’minoti» bo‘limlariga kiritish asosida takomillashtirish taklifi asoslangan; 
kredit operatsiyalari auditini o‘tkazishning tashkiliy-uslubiy ta’minotida «faoliyat uzluksizligi» (ISA 570 - Ongoing concern), «mijoz faoliyatini o‘rganish» (ISA 315 - Understanding the Entity) hamda «ichki nazorat vositalarini bayon qilish va baholash» (ISA 265 - Communicating Deficiencies in Internal Control) bo‘yicha auditning xalqaro standartlarini sohalarda tatbiq etishning uslubiy jihatlari ichki audit standartlari va namuna hujjatlari tarkibiga ishchi-texnik hujjatlar majmuini kiritish asosida takomillashtirilgan;
kredit va qarz operatsiyalarining auditorlik tekshiruvlari jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha yalpi usulda hujjatli tekshirish va ishchi muhimlik (performance materiality) chegarasiga taqqoslamali tanlab tekshirish usuliga asoslangan ikki yo‘nalishda audit o‘tkazish taklifi asoslangan;
kredit va qarzlar auditida moliyaviy tahlil usullarini qo‘llashda mijoz pozisiyasidan trend tahlilini o‘tkazish va likvidlik ko‘rsatkichining omilli tahlili natijalarini balans ko‘rsatkichlariga mutanosib bo‘lish orqali koeffisientlarning sifat o‘zgarishini auditor mulohazasidan o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi amaliy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kredit operatsiyalarining hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy tavsiyalar asosida:
kredit operatsiyalari buxgalteriya hisobi, qarzlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishda kapitallashtirish jarayonini va stavkasini aniqlash hamda kvalifikatsiyalanadigan aktivlar hisobi asosida hisob siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi (QR) Moliya vazirligi (2022 yil 13 maydagi SI/03-09/1317-son ma’lumotnoma) va Qishloq xo‘jaligi vazirligi (2022 yil 18 maydagi 03/016-1397/1-son ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy qilingan. Buning natijasida kreditlarning (qarzlar) buxgalteriya hisobini va kvalifikatsiyalanadigan aktivlar bo‘yicha foizlar kapitalizatsiyasi, kapitalizatsiyani o‘tkazish jarayoni hamda qarzlarning hisobi bo‘yicha moliyaviy hisobning xalqaro standartlarini tatbiq qilish masalalari o‘z echimni topgan. Shuningdek, mazkur takliflar «Finansliq esap» nomli O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi tomonidan  (ISBN 978-9943-7025-1-6, 2021 yilda Muharrir nashriyoti –B 452) tavsiya etilgan darslikni tayyorlashda foydalanilgan;
kredit operatsiyalari auditini rejalashtirish va tashkil etishning faoliyat uzluksizligi (Ongoing concern) tamoyillarini qo‘llash, mijoz faoliyatini o‘rganish (Understanding the Entity) hamda ichki nazorat vositalarini bayon qilish va baholash (Communicating Deficiencies in Internal Control) bo‘yicha auditning xalqaro standartlarini sohalarda tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar QR Moliya vazirligi (2022 yil 13 maydagi SI/03-09/1317-son ma’lumotnoma), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (2022 yil 18 maydagi 03/016-1397/1-son ma’lumotnoma) va QR «KK-AUDIT-SERVIS» auditorlik kompaniyasi (2020 yil 6 martdagi 8 son ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy qilingan. Mazkur tavsiyalar asosida korxonalarda kredit (qarz) larning auditi bo‘yicha dastlabki reja tuzish vaqti sarfi 15-20 % ga qisqarib, mehnat unumdorligi 1,2-1,3 marta oshishiga imkon yaratilgan; 
kredit va qarz operatsiyalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish jarayonini maqbullashtirish va samaradorligini oshirish  maqsadida audit o‘tkazish bo‘yicha ikki yo‘nalishli algoritm ishlab chiqilgan. Mazkur tavsiya QR Moliya vazirligi (2022 yil 13 maydagi SI/03-09/1317-son ma’lumotnoma), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (2022 yil 18 maydagi 03/016-1397/1-son ma’lumotnoma) va QR «KK-AUDIT-SERVIS» auditorlik kompaniyasi (2020 yil 6 martdagi 8 son ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy qilingan. Buning natijasida, kredit (qarz)larning auditorlik tekshiruvi rejasini tuzishda va tashkil etishda dalillarni to‘plash va tekshiruv amallarini samarali tayinlashga, xususan auditni rejalashtirish va tashkil etish jarayoni soddalashib, mehnat xarajatlari 1500,0-1600,0 ming so‘mga va sarflanadigan vaqt 15-20 % ga kamayishiga erishilgan;
kredit va qarzlar auditida moliyaviy tahlil usullarini qo‘llashda mijoz pozisiyasidan balans ko‘rsatkichlarini mutanosib taqsimlash usuli orqali likvidlik koeffisientini talqin qilish va trend tahlilining sifat baholashlarini o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi amaliy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha taklifi QR Moliya vazirligi (2022 yil 13 maydagi SI/03-09/1317-son ma’lumotnoma), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (2022 yil 18 maydagi 03/016-1397/1-son ma’lumotnoma) va QR «KK-AUDIT-SERVIS» auditorlik kompaniyasi (2020 yil 6 martdagi 8 son ma’lumotnoma) tomonidan amaliyotga joriy qilingan. Buning natijasida, moliyaviy va nomoliyaviy axborotlarni tahliliy amallar yordamida tekshirish orqali zarur dalillarni to‘plashga zamin yaratilgan. Shuningdek, auditda moliyaviy tahlil natijalarini audit mulohazasidan o‘tkazish orqali ularning sifat jihatlarini o‘rganishning afzalliklari amaliy jihatdan asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish